Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi!

img

    Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi 2019-yilda tashkil etilgan Axborot texnologiyalari kafedrasi negizida yaratilgan. Kafedra faoliyati talabalarda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish boʻyicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. 2021-yilda kafedra huzurida Kompyuter lingvistikasi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz filologik masalalarni modellashtirish, ularning maʼlumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sunʼiy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik maʼlumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish boʻyicha izlanishlar olib boradi.

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Mutaxassisligi axborot texnologiyalari, informatikadan boshqa bo‘lgan talabalarga o‘zlarining kasb mahoratlarini oshirishda kompyuter texnologiyalari va matn bilan ishlaydigan dasturlardan foydalana olish kompetensiyasini shakllantirish;
  • Kompyuter lingvistikasi yoʻnalishlari doirasida lingvistik masalalar boʻyicha dasturiy va lingvistik ta’minotlarni yaratish;
  • O‘zbek tilini sun’iy intellekt uchun modellashtirish;
  • O‘zbek tilining milliy va ta’limiy korpuslarini, shuningdek, boshqa tur til korpuslarini yaratish;
  • Oʻzbek tilidagi elektron lugʻatlarni ishlab chiqish;
  • Raqamli nashriyot va taʼlim sohalarida axborot texnologiyalari hamda axborot marketing xizmatlarini rivojlantirish;
  • Yangi axborot texnologiyalarini va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish;
  • Talabalarda axborot texnologiyalaridan hamda internetdan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;

Kafedrada 5 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 2 nafar filologiya fanlari doktori (DSc), 3 nafari falsafa fanlari doktori (PhD). Kafedraning ilmiy salohiyati: 42%. Kafedra mudiri: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,dotsent Elov Botir Boltayevich.

  

 

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun: 

60230800 – Kompyuter lingvistikasi.

60230600-Noshirlik ishi.

Magistratura mutaxassisliklari uchun:

5A120106 – Kompyuter lingvistikasi.  

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Algoritmlar Nazariyasi KL-1 sillabus
Amaliy filologiya-1 AT.IMTA sillabus
Das tex KL1 sillabus
Dasturlash asoslari KL 1-kurs sillabus
Filologiya-1 AT.IMTA sillabus
Folk AT va IMTA sillabus
Komp grafikasi va dizayn NI1 sillabus
Lek va Leksiko KL1 sillabus
Mantiq asoslari KL 1-kurs sillabus
Matnshunoslik-1 AT.IMTA sillabus
Morfologiya KL1 sillabus
NI-1 Zamonaviy matnshunoslik asoslari sillabus
Noshirlik asoslari NI-1 sillabus
Oliy matematika Psixologiya 1-kurs sillabus
Oliy matematika Sots1 Sillabus
O'TA AT va IMTA kechki sillabus
O'TA AT va IMTA sillabus
O'zbek termin va lek NI 1
O'zRUS AT va IMTA sillabus
Raqamli tex Psixologiya 1-kurs sillabus
RAT sillabus 1 sotsiologiya
Tillar tipologiyasi KL 1-kurs Sillabus
Tilshunoslikka kirish Sillabus 1-kurs KL
TNA (nemis) AT va IMTA sillabus
TNA (rus) AT va IMTA sillabus
TNA(fransuz)-1 AT.IMTA sillabus
TNA(ingliz)-1 AT.IMTA sillabus
Web dizayn
IТ O'zga tilli
Axborot texnologiyalari AF 2kurs
Dinamik sahifalarni loyihalashtirish NI 2kurs
Kompyuter lingvistikasi O'FF 2-KURS
Matn lingvistikasi NI 2
MBBT KL 2
Multimedia va onlayn nashrlar NI-2 o'quv dastur
NLP algoritmlari KL 2
OAV JMA NI 2-kurs
O'zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi KL 2
O'zbekistinda bosma OAV tizimi NI 2-kurs
Python dasturlash tili TNA 2 fransuz
Python dasturlash tili TNA 2 ingliz
Python dasturlash tili TNA 2 nemis
Python TNA2 rus tili
Sintaksis KL 2 kurs
Vizual Etika NI 2kurs
MIYT NI 4
SMM MENEJERI VA LOYIHALARNI BOSHQARISH NI 4-kurs
Axborot tizimlarini loyihalash KL 3kurs
KMT Kl 3-kurs
Kompyuter lingvitsikasi KL 3-kurs
Korpus lingvistikasi KL3 sillabus
Mashina tarjimasi KL 3-kurs
Medialoyihalashtirish va grafik dizayn NI 3-kurs
Mobil ilovalar yaratish texnologiyasi NI 3kurs
Multimedia va onlayn nashlar NI 3-kurs
Nutq signallarini qayt ishlash KL3
Python dasturlash tili (fansuz) 3kurs
Python dasturlash tili (nemis) 3kurs
Python dasturlash tili (rus tili) 3kurs
Qidiruv tizimlari KL 3kurs
Raqamli dizayn NI 3kurs
Raqamli sahifalash NI 3 kurs
Tahrir nazariyasi va texnikasi NI3 sillabus
Tilshunoslikda matematik usullar
Zam matnshunoslik asoslari NI3 sillabus