Zulxumor Xolmanova ilmiy maktabi
1999- yilda “Shayboniyxon” dostoni leksikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2009- yilda “Boburnoma” leksikasi tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O‘zbek tili tarixi, leksikologiya, leksikografiya, semantika, semasiologiya, kompyuter lingvistikasi kabi sohalar bo‘yicha mutaxassis. Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili tarixi, tarixiy leksikologiya, leksikografiya, kompyuter lingvistikasi yuzasidan izlanishlar olib borgan.
Olima tomonidan ikki yuzdan ortiq ilmiy-metodik ish chop etilgan. Xususan, 5 ta monografiya, 3ta darslik, 8 ta qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 200ga yaqin maqolalar shular jumlasidandir. Turk dunyasi adebiyatcilari ansiklopedisi (Ankara)da 20dan ortiq maqolalari bilan ishtirok etgan.
Z.Xolmanova ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib keladi. O‘zbek tili tarixi, semantika, kompyuter lingvistikasi, lingvokulturologiya, psixolingvistika yo‘nalishlaridagi dolzarb mavzulardagi ilmiy izlanishlarni shakllantirmoqda. Z.T.Xolmanova 35ta magistr, 1 nafar fan doktori (DSc), 11nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlagan. Hozirda 10ga yaqin tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchiga rahbarlik qilmoqda.
Z.T.Xolmanova rahbarligidagi iqtidorli talabalardan L.Abduhamidova, O.Nurullayeva, G.Qo‘ziboyeva Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.
Z.T.Xolmanova til tarixi, tarixiy leksikologiya, turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bo‘yicha yetuk mutaxassis hisoblanadi va mazkur yo‘nalishdagi dissertatsiya, monografiya, risola va ilmiy matnlarga taqriz berishda faol ishtirok etadi.
Z.Xolmanova 2015- yilda “Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi Respublika bosqichining Gumanitar fanlar ta’lim sohasi bo‘yicha “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.
2020- yilda “O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi” Respublika tanlovining filologiya yo‘nalishi g‘olibi bo‘lgan.
2021- yilda “Ona tili – millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan.
2022 –yil 5-martda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bolgan.
2022- yilda “Islohotlar bilimdoni” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan.