Startup
Starup loyihalari
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovi har yili o'tkaziladi.

2020-yilda universitet rektorining (01.15.2020 y. №01-43-son) “Startap innovasion loyihasi tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruh tashkil etilib tanlov o‘tkazildi. Bunda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (Loyiha nomi - “WeBozor”), Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (Loyiha nomi - “Daqiqalar ichida o‘zbek tili (Uzbek in minutes)”), O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (Loyiha nomi - “Navoiy-abadiy”), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabasi Iroda Tursunoava (Loyiha nomi - “Abru ART” milliy hunarmandchilik mahsulotlar”), O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Abdusamad Egamberdiyev (Loyiha nomi - “konf.uz” inellektual xizmat ko‘rsatish servisi”), O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Adham Abduxoliqov (Loyiha nomi - “I Max” servis hizmati), O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Asomiddin Keldiyorov (Loyiha nomi - “Burgut” servis hizmati), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-bosqich talabalari Javohir Ro‘ziboyev, Ozodbek Amrillayev (Loyiha nomi – studentportal.uz e’lonlar sayti)lar ishtirok etdi.

Tanlovda 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (3 000 000 (uch million) so‘m), 2-o‘rinni, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (2 000 000 (ikki million) so‘m, 3-o‘rinni, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (1 000 000 (bir million) so‘m) egalladi. Talablarga loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki summalar mukofot tarzida berildi.

2023-yilda tanlovga jami 18 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2023-yilning 27-fevral kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 13 ta loyihani tanlab oldilar.
Bular quyidagilar:
| № | F.I.O. | Loyiha nomi | Kursi | 
| 1. | Umrzoqov Abbos Usmonali o‘g‘li | TOShDO‘TAUda audio kutubxona ilovasini yaratish | O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs 403-guruh talabasi | 
| 2. | Xudoynazarova Gavharshodbegim Shurhat qizi | “Devoni lug‘otit-turk”dagi matnlardan toponimlarni avtomatik aniqlash | Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi | 
| 3. | Azimjonov Husniddin Ibrohim o‘g‘li | O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasi | O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 304-A guruh talabasi | 
| 4. | Ermatova Durdona Zafarjon qizi | Xorijliklar uchun o‘zbek tili darsligi (A2) | Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik 2-kurs magistranti | 
| 5. | Nizomov Furqat Shahriddin o‘g‘li | O‘zbek tili uchun matn klassifikatori | O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi | 
| 6. | Ortiqaliyeva Go‘zalxon Mashrabjon qizi | “tilshunoslar.uz” bibliografik platformasini yaratish | O‘zbek filologiya fakulteti 4-kurs 402- guruh talabasi | 
| 7. | Qodirov Kamoliddin Qodirjon o‘g‘li | ToshDO‘TAU yosh olimlari telegram bot sahifasini yaratish | Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti 2-kurs 201KL-guruh talabasi | 
| 8. | Shakirova Sevara Toxirjon qizi | Filologlar uchun Adobe Photoshop dasturini o‘rganish mobil ilovasi | Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi | 
| 9. | Shavkatova Mohinur Shuxrat qizi | Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mobil ilovasini yaratish | Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi | 
| 10. | Tolliboyev Jamshid | Rus tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘zlar muqobilini yaratish | O‘zbek filologiya fakulteti 3-kurs 302-N guruh talabasi 
 | 
| 11. | Abdurahmonova Zarnigor Giyosboy qizi | “Simple” o‘zbekcha-fransuzcha darslik mobil ilovasini yaratish | Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi | 
| 12. | Xasanov Abdixalil Rashid o‘g‘li | O‘zbek tilining faol omonimlar lug‘ati mobil ilovasini yaratish | O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 102-guruh talabasi | 
| 13. | Nizomova Fotima | O‘zbek tilidagi gap bo‘laklari tartibini avtomatik aniqlash dastur yaratish | Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi | 

 
						 
						 
						 
						 
						 
						