Oltin bitiklar

          “Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali 2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (guvohnoma № 0940). Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Prezidiumining 2019-yildagi qarori bilan 10.00.00-Filologiya fanlari bo’yicha dissertasiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali haqida

Jurnal muassisi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-9238
“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – Sharq adabiyoti va madaniyati, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, tilshunoslik va aniq fanlar, dinshunoslik va ilohiyotshunoslikka oid ahamiyatli qo‘lyozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar xulosalarini chop etishga mo‘ljallangan.
Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.
Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi,  o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi.
Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
Jurnal veb sahifasi: http://goldenscripts.navoiy-uni.uz

 

TAHRIR HAY’ATI TARKIBI

Karl Rayxl (Germaniya), Isa Habibeyli (Ozarbayjon), Seyhan Tanju (Turkiya), Almaz Ulvi (Ozarbayjon), Benedek Peri (Vengriya), Vahit Turk (Turkiya), Teymur Kerimli (Ozarbayjon), Eunkyung Oh (Koreya), Nazef Shahrani (AQSh), Boqijon Toʻxliyev, Muhammadjon Imomnazarov, Bilol Yujel (Turkiya), Qosimjon Sodiqov, Zulxumor Xolmanova, Mustafa O‘ner (Turkiya), Nurboy Jabborov, G‘aybulla Boboyorov, Kimura Satoru (Yaponiya), Imran Ay (Turkiya), Aftondil Erkinov, Nadir Mamadli (Ozarbayjon), Rashid Zohidov, Otabek Jo‘raboyev, Bulent Bayram (Turkiya), Qoʻldosh Pardayev, Nodirbek Joʻraqoʻziyev, Oysara Madaliyeva, Hilola Nazirova

MAQOLA TAQDIM QILISH TALABLARI

“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – Sharq adabiyoti va madaniyati, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, tilshunoslik va aniq fanlar, dinshunoslik va ilohiyotshunoslikka oid ahamiyatli qo‘lyozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar xulosalarini chop etishga mo‘ljallangan.

“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali 2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (guvohnoma № 0940). Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Prezidiumining 2019-yildagi qarori bilan 10.00.00-Filologiya fanlari bo‘yicha dissertasiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali haqida
Jurnal muassisi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-9238
“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – Sharq adabiyoti va madaniyati, ijtimoiy-ma’naviy hayoti, tilshunoslik va aniq fanlar, dinshunoslik va ilohiyotshunoslikka oid ahamiyatli qo‘lyozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar xulosalarini chop etishga mo‘ljallangan.
Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.
Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi,  o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. 
Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
2023-yilda jurnal Academic Resource Index (ResearchBib), Crossref, Advance science index, SJImpact Factor-4.4 nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar bazasiga kiritilgan.
Jurnal veb sahifasi: http://goldenscripts.navoiy-uni.uz 

BOSH MUHARRIR

Shuhrat Sirojiddinov

BOSH MUHARRIR OʻRINBOSARI

Karomat Mullaxoʻjayeva

Qosimjon Ma'murov

MASʼUL KOTIB

Ozoda Tojiboyeva


Qo‘lyozmalar yil davomida o‘zbek, ingliz, rus, fors, shuningdek, turkiy tillarda topshirilishi mumkin. Agar muallif o‘z maqolasini jurnalning muayyan sonida nashr etmoqchi bo‘lsa, unda qo‘lyozma jurnal nashridan kamida besh oy oldin taqdim etishi kerak.

Qo‘lyozmalar MS Word (.doc) formatida (oltinbitiglar@gmail.com, oltinbitiklar@navoiy-uni.uz) elektron pochtasiga yuborilishi kerak. Iqtiboslar va izohlar bo‘yicha MS Word menejerini qo‘llash lozim.

Barcha qo‘lyozmalar muallif (mualliflar) haqidagi qisqacha ma’lumot bilan yuboriladi.

Asosiy matn Times New Roman shrifti, 14 hajm, satr oralig‘i 1 interval, hoshiyalar chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm bo‘lishi kerak.

Maqolalar The Chicago Manual of Style, 16th Edition formatida shakllantirilishi lozim.

Maqola matni 3 000–5 000 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

100–150 so‘zdan iborat o‘zbek va ingliz tillaridagi abstrakt (annotatsiya) va 5–10 so‘zdan kam bo‘lmagan kalit so‘zlar (o‘zbek va ingliz tillarida). Abstrakt maqolaning maqsadi, metodologiyasi va natijalarini qisqacha ifodalashi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati 5 sahifadan oshmasligi lozim.

Kitobga taqriz (ingliz yoki boshqa tillarda bo‘lishi mumkin) 1500 so‘zdan oshmasligi talab etiladi.

Taqriz formati: 1) sarlavha: kitob nomi, muallif (mualliflar), nashr qilingan shahar: nashriyot nomi, nashr yili, sahifasi soni. Narxi, ISBN raqami, (qattiq/yumshoq muqova); 2) taqriz so‘ngida: taqrizchining F.I.O., ish joyi, pochta manzili.

Maqola nomi – normal harflarda, to‘q bo‘yoqda, 16 hajm.

Maqola nomi o‘zbek va ingliz tillarida (agar maqola boshqa tillarda yozilgan bo‘lsa, maqola yozilgan til va ingliz tilida) beriladi.

Maqola sarlavhasidan keyin sahifaning o‘ng chetida muallifning ism-familyasi yozilib, oxiriga yulduzcha (*) ishorasi qo‘yiladi va sahifa pastida muallif haqida quyidagi qisqa ma’lumotlar beriladi: F.I.O., ilmiy daraja va unvon; ish joyi; e-pochta va ORCID ID (raqami).

Maqola kirish, asosiy qism bo‘limlari va xulosadan tashkil topadi.

Maqola bo‘limlari sarlavhasi – yotiq, 14 hajm.

Boshqa tillardagi matn yoki boshqa manbalar tarjimoni aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar matn maqola muallifi tomonidan tarjima qilingan bo‘lsa, u holda “tarjima muallifniki” shaklida beriladi.

Rasmiy nashrdan olingan tarjima-matn tahrir qilinmaydi.

Zarur holatda tarjima matnga sana, turli diakritik belgilar va boshqa elementlar kiritilishi mumkin.

Tarjima qilingan matn olingan manba nomi asl holicha beriladi. Zarur deb topilsa, uning nomi qavs ichida berilishi mumkin.

Geografik nomlar tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Tashkilotlar nomi tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Davr nomi rasmiy qabul qilingan shaklda beriladi.

Manbadan olingan ko‘chirma parcha asosiy matndan 1 qator tashlab ajratiladi, satr oralig‘i 1 interval, markazda, 12 hajmda yoziladi.

Ko‘chirmaning tarjimasi qavs ichida ( ) satr boshidan yozilishi kerak. Bunday ko‘chirma Times New Roman shrift, 12 hajm, normal yozuvda beriladi.

Manbaga havola matn ichida to‘rtburchak qavsda [ ] beriladi. Havola qilingan manbalar bir nechta bo‘lsa, ular nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.

Izohlar tegishli sahifa pastida, tartib raqami bilan joylashtiriladi.

Bibliografiyada muallif yoki asar nomi satrboshidan, boshqa barcha qatorlari abzasdan yoziladi. Adabiyotlar bibliografiyada o‘zbek lotin alifbosi tartibida ko‘rsatiladi.

6.1. Qo‘lyozma va toshbosma manbalar bibliografiyasi

Qo‘lyozma yoki toshbosma manbalarni bibliografiyada o‘zi yozilgan grafikada berish maqsadga muvofiq. Lotin alifbosidagi transleteratsiyasini berish ham mymkin. Ba’zan qo‘lyozma asarning nomi muallif ismidan oldin yozilishi ham mymkin.

Muallif nomi. Ko‘chirilgan asr (agar mavjud bo‘lsa). Asar nomi. Qo‘lyozma (toshbosma): saqlanayotgan joy, inventar raqam.

Xondamir. XV asr. Makorim ul-axloq. Qo‘lyozma: O‘zFASHI, № 742.

Matnda qo‘lyozma (toshbosma)ga havola berish:

[Xondamir, Makorim, 17a]

Bibliografiyada:

Familiya, ism. Nashr yili. Kitob nomi. Shahar: Nashriyot nomi.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2011. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. Toshkent: Akademnashr.

Matnda kitobga havola:

[Familiya kitob nashr yili, sahifa raqami]

[Sirojiddinov 2011, 99]

Agar bir muallifning bir yilda nashr qilingan kitoblaridan foydalanilgan bo‘lsa, bibliografiyada kitobning nashr yili o‘zbek lotin alifbosi harflari bilan ajratilib ko‘rsatiladi.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2011(a). Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. Toshkent: Akademnashr.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2011(b). O‘zbek adabiyotining falsafiy sarchashmalari. Toshkent: Akademnashr.

Matnda kitobga havola:

[Sirojiddinov 2011(a), 99]

Ikki muallif tomonidan yozilgan kitobni bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism va Ism Familiya. Nashr yili. Kitobning nomi. Shahar: Nashriyot nomi.

Vohidov, Rahim va Husniddin Eshonqulov. 2006. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent: Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti.

Matnda kitobga havola:

[Familiya va Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Vohidov va Eshonqulov 2006, 52]

Agar kitobning uch va undan ortiq muallifi bo‘lsa, bibliografiyada barcha mualliflarning ismi to‘liq yoziladi. Bunday kitobga havola qilinganda, birinchi muallifning ismi yozilib, davomida va boshqalar deb ko‘rsatiladi:

[Familiya va boshqalar nashr yili, sahifa raqami]

[Vohidov va boshqalar 2010, 847]

Kitob yoki to‘plam maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Kitob yoki to‘plam nomi, Ism Familiya, Ism Familiya muharrirligida, maqola sahifasi raqamlari. Shahar: Nashriyot.

Ismoilov, Ilyos. 2020. “Navoiy ijodida Ya’juj-Ma’juj obrazi.” Alisher Navoiy va XXI asr, Shuhrat Sirojiddinov muharrirligida, 130 – 133. Toshkent: Mashhur-press.

Matnda kitob yoki to‘plam maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Ismoilov 2020, 131]

Elektron shaklda nashr qilingan kitoblar uchun:

Elektron kitobning bir nechta formati bo‘lsa, bibliografiyada foydalanilgan format ko‘rsatiladi. Elektron kitobning internet manzili (URL) hamda shu manba olingan sana ko‘rsatilishi lozim.

Elektron kitobni bibliografiyada berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. Kitob nomi. Shahar: Nashriyot nomi. URL. Foydalanilgan sana.

Adizova, Iqboloy. 2020. Thinker poetess of the East. Germany: Lambert Academic Publishing. https://www.lap-publishing.com/. 12.07.2019.

Matnda elektron kitobga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Adizova 2020, 11]

Ikki muallif tomonidan yozilgan elektron kitobni bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism va Ism Familiya. Nashr yili. Kitobning nomi. Shahar: Nashriyot nomi. Internet adres (URL).

Sirojiddinov, Shuhrat va Sohiba Umarova. 2017. O‘zbek matnshunosligi qirralari. Chikago: Chikago universiteti nashriyoti. http://press-pubs.uchicago.edu/founders/.

Matnda elektron kitobga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Sirojiddinov 1987, 19-hujjat]

Chop etilgan jurnal maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Jurnal nomi jurnal soni: maqola sahifalari.

Alimuhamedov, Rixsitilla. 2018. “Qadimgi turk-moniy adabiyoti.” Oltin bitiglar 1: 65 – 76.

Matnda jurnal maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Alimuhamedov 2018, 70]

Elektron jurnal uchun:

Elektron jurnal uchun jurnalning DOI manzili ko‘rsatiladi. Agar DOI manzili mavjud bo‘lmasa, internet adresi ko‘rsatilishi kerak (URL). DOI – bu o‘zgarmas ID bo‘lib, internet tarmoqlarining elektron adreslari tizimiga ulangan, ya'ni manbani boshqaruvchi http://dx.doi.org/ manzildir.

Elektron jurnal maqolasini bibliografiyada berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Jurnal nomi jurnal soni: maqola sahifalari. DOI adres (yoki URL).

Ismoilov, Ilyos. 2020. “Saddi Iskandariy” dostonidagi adabiy ta’sir va o‘ziga xoslik masalasi xususida.” O‘zbekistonda xorijiy tillar 3: 229 – 235. doi: 10.36078/1596780050.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Ismoilov 2020, 231]

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasiga havola matn shaklida beriladi (masalan, Muhammadjon Imomnazarovning 27.02.2005dagi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida aytilganidek…); odatda, bunday manbalar umumiy adabiyotlar ro‘yxatida keltirilmaydi. Agar keltirilsa, kitoblarga qo‘yiladigan talablarga asosan beriladi.

Agar onlayn maqolaga havola berilayotgan bo‘lsa, uning internet manzili (URL), maqola olingan sana ko‘rsatilishi kerak.

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Gazeta-Jurnal nomi, nashr sanasi.

Imomnazarov, Muhammadjon. 2005. “Jomiy “Xamsa” yozganmi?.” O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, January 25.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Imomnazarov 2005, 4]

Elektron gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliografiyada berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Jurnal nomi, nashr sanasi. Internet adres.

Sobirov, Ergash va Akmal Kenjayev. 2010. “Milliy qadriyat va globallashuv”. New York Times, 27.02. http://www.nytimes.com/28/us/28health.html.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Sobirov va Kenjayev 2010, 17]

Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek lotin alifbosi tartibida beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati ikki qismdan iborat bo‘lishi, birinchi qismda foydalanilgan adabiyot chop etilgan grafikada yuqorida ko‘rsatilgan shaklda rasmiylashtirilishi, ikkinchi qismda esa barcha foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek lotin alifbosida berilishi talab qilinadi. Misol uchun:

Adabiyotlar

Баранов, Х.К. 1958. Aрабско – русский словарь. Москва: Наука.

Adabiyotlar

Baranov, X.K. 1958. Arabsko – russkiy slovar. Moskva: Nauka.

Maqolani rasmiylashtirish talablarining ingliz tilidagi variantini “The Chicago Manual of Style, 16th Edition” qo‘llanmasi yoki https://www.chicagomanualofstyle. havolasidan ko‘rib olishingiz mumkin.