O‘zbekiston: til va madaniyat

“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali 2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (guvohnoma № 0936). Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Prezidiumining 2021-yildagi qarori bilan 10.00.00-Filologiya fanlari bo’yicha dissertasiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnal muassisi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-922X
“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali – lingvistika, tarix, adabiyot,  tarjimashunoslik, san’at, etnografiya, falsafa, antropologiya va ijtimoiy  tadqiqotlarni o‘rganish kabi sohalarni qamrab olgan akademik jurnal.
Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.
Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi, innovatsion g‘oyalarga boy, o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlillar hamda siyosatga oid maqolalar e’lon qilinmaydi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalida quyidagi rukndagi maqolalar e’lon qilinadi: 
     1. Lingvistika.
     2. Adabiyotshunoslik. Tarjimashunoslik.
     3. Din. Falsafa. Ilohiyot.
     4. Fan. Ta’lim. Metodika.
     5. Sotsiologiya. Psixologiya.
     6. Tarix. Manbashunoslik.
     7. Etnologiya. Etnografiya. Antropologiya.
     8. San’at.
Jurnal veb sahifasi: http://uzlc.navoiy-uni.uz

 

TAHRIR KENGASHI TARKIBI

Ahmadali Asqarov, Abdulaziz Mansur, Akmal Saidov, Akmal Nur, Adham Ashirov, Nizomiddin Mahmudov, Hamidulla Dadaboyev, Samixon Ashirboyev, Bahodir Karimov, Aftondil Erkinov, Baxtiyor Mengliyev, Uzoq Jo‘raqulov, Sulton Normamatov, Murtazo Sayidumarov, G‘aybulla Boboyorov, Nozliya Normurodova, Abdi Mamatov, Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev, Anvar Sayfullayev.

TAHRIR HAY’ATI TARKIBII

Isa Habibbeyli (Ozarbayjon), Frederik Bressand  (Fransiya), Ingeborg Baldauf (Germaniya), Mark Toutant (Fransiya), Rochelle Almeida (AQSH), Akrom Habibullayev (AQSH), Valeriy S. Xan (O‘zbekiston), Eunkyung Oh (Janubiy Koreya), Oqilxon Ibrohimov (O‘zbekiston), Shodmon Vohidov (Tojikiston), Maria Sabtelni (Kanada), Timur Kocaoğlu (AQSH), Almaz Ülvi (Ozarbayjon), Tanju Seyhan (Turkiya), Xisao Komatsu (Yaponiya), Emek  Üşenmez  (Turkiya), Abdulvahap Kara (Turkiya), Alizoda Saidumar (Tojikiston), Dilorom Ashurova (O‘zbekiston), Darya Jigulskaya (Rossiya)

MAQOLA TAQDIM QILISH TALABLARI

O‘zbekiston: til va madaniyat (O‘zTM) – zamonaviy O‘zbekiston (sobiq Turkiston) bilan bog‘liq bevosita Markaziy Osiyo mintaqasini birlashtiradigan til, tarix, san’at, etnografiya, madaniyat va ijtimoiy fanlar sohalarini qamrab olgan ilmiy jurnaldir. O‘zTM munozarali, zamonaviy, innovatsion, konseptual jihatdan qiziqarli, original mavzudagi ilmiy tadqiqotlarni nashr qiladi. Jurnal lingvistika, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, din, falsafa, ilohiyot, fan, ta’lim, metodika, sotsiologiya, psixologiya, tarix, madaniyat, san’at, etnologiya, etnografiya, antropologiyaga oid ilmiy yo‘nalishdagi maqolalar va taqrizlar hamda konferensiya hisobotlarini  qabul qiladi.  

“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali 2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (guvohnoma № 0936). Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Prezidiumining 2021-yildagi qarori bilan 10.00.00-Filologiya fanlari bo’yicha dissertasiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnal muassisi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-922X
“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali – lingvistika, tarix, adabiyot,  tarjimashunoslik, san’at, etnografiya, falsafa, antropologiya va ijtimoiy  tadqiqotlarni o‘rganish kabi sohalarni qamrab olgan akademik jurnal.
Jurnal 2023-yilda Academic Resource Index (ResearchBib), Crossref, Advance science index, SJImpact Factor-4.8 nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar bazasiga kiritilgan.                 
Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.
Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi, innovatsion g‘oyalarga boy, o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlillar hamda siyosatga oid maqolalar e’lon qilinmaydi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalida quyidagi rukndagi maqolalar e’lon qilinadi: 

  • 1. Lingvistika.
  • 2. Adabiyotshunoslik. Tarjimashunoslik.
  • 3. Din. Falsafa. Ilohiyot.
  • 4. Fan. Ta’lim. Metodika.
  • 5. Sotsiologiya. Psixologiya.
  • 6. Tarix. Manbashunoslik.
  • 7. Etnologiya. Etnografiya. Antropologiya.
  • 8. San’at.

Jurnal veb sahifasi: http://uzlc.navoiy-uni.uz 

BOSH MUHARRIR

Shuhrat Sirojiddinov

BOSH MUHARRIR O‘RINBOSARLARI

Nodir Jo‘raqo‘ziyev 
Ziyoda Teshaboyeva

MAS’UL KOTIBLAR

Ozoda Tojiboyeva
Sanjar Mavlyano

 


Qo‘lyozmalar o‘zbek, ingliz, rus, fors, shuningdek, boshqa turkiy tillarda ham qabul qilinadi. Agar muallif o‘z maqolasini jurnalning muayyan sonida nashr ettirmoqchi bo‘lsa, unda qo‘lyozma jurnal nashridan kamida besh oy oldin taqdim etilishi lozim.

Qo‘lyozmalar MS Word (.doc) formatida (uzlangcult@gmail.com, uzlangcult@navoiy-uni.uz) elektron pochtasiga yuboriladi. Iqtiboslar va izohlar uchun MS Word menejerini qo‘llash mumkin. 

Barcha qo‘lyozmalar tahririyatga muallif (mualliflar) haqidagi qisqacha ma’lumot bilan taqdim etiladi.

Asosiy matn Times New Roman shrifti, 14 hajm, satr oralig‘i 1 interval, hoshiyalar chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm bo‘lishi kerak. 

Maqolalar The Chicago Manual of Style, 16th Edition formatida shakllantiriladi. Maqola matni 3 000–5 000 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

O‘zbek va ingliz tillarida 100–150 so‘zdan iborat abstrakt (annotatsiya) va 5–10 so‘zdan kam bo‘lmagan kalit so‘zlar (o‘zbek va ingliz tillarida). Abstraktda maqolaning qisqacha mazmuni va dolzarbligi, tadqiqot natijalari aks etishi lozim.

Adabiyotlar ro‘yxati 5 sahifadan oshmasligi  kerak.

Kitobga taqriz (ingliz yoki boshqa tillarda bo‘lishi mumkin) 1500 so‘zdan oshmasligi talab etiladi.

Taqriz formati: 1) sarlavha: kitob nomi, muallif (mualliflar), nashr qilingan shahar: nashriyot nomi, nashr yili, sahifasi soni. Narxi, ISBN raqami, (qattiq/yumshoq muqova); 2) taqriz so‘ngida: taqrizchining F.I.O., ish joyi, pochta manzili.

Maqola nomi – normal harflarda, to‘q bo‘yoqda, 16 hajm.

Maqola nomi o‘zbek va ingliz tillarida (agar maqola boshqa tilda yozilgan bo‘lsa, maqola yozilgan til va ingliz tilida) beriladi.

Maqola kirish, asosiy qism bo‘limlari va xulosadan tashkil topadi.

Maqola bo‘limlari sarlavhasi – to‘q bo‘yoqda, 14 hajm.

Boshqa tillardagi matn yoki boshqa manbalar tarjimoni aniq ko‘rsatilishi kerak. Agar matn maqola muallifi tomonidan tarjima qilingan bo‘lsa, u holda “tarjima muallifniki” shaklida beriladi.

Rasmiy nashrdan olingan tarjima-matn tahrir qilinmaydi.

Zarur holatda tarjima matnga sana, turli diakritik belgilar va boshqa elementlar kiritilishi mumkin.

Tarjima qilingan matn olingan manba nomi asl holicha beriladi. Zarur deb topilsa, uning nomi qavs ichida berilishi mumkin.

Geografik nomlar tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Tashkilotlar nomi tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Davr nomi rasmiy qabul qilingan shaklda beriladi. 

Manbadan olingan ko‘chirma parcha asosiy matndan 1 qator tashlab ajratiladi, satr oralig‘i 1 interval, markazda, 12 hajmda yoziladi.

Ko‘chirmaning tarjimasi qavs ichida ( ) satr boshidan yozilishi kerak. Bunday ko‘chirma Times New Roman shrift, 12 hajm, normal yozuvda beriladi.

Manbaga havola matn ichida to‘rtburchak qavsda [ ] beriladi. Havola qilingan manbalar bir nechta bo‘lsa, ular nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.

Izohlar tegishli sahifa pastida, tartib raqami bilan joylashtiriladi.

Bibliografiyada muallif yoki asar nomi satr boshidan, boshqa barcha qatorlari xatboshidan yoziladi. Adabiyotlar bibliografiyada o‘zbek lotin alifbosi tartibida ko‘rsatiladi.

Qo‘lyozma va toshbosma manbalar bibliografiyasi

Qo‘lyozma yoki toshbosma manbalarni bibliografiyada o‘zi yozilgan grafikada berish maqsadga muvofiq. Lotin alifbosidagi transliteratsiyasini berish ham mumkin. Ba’zan qo‘lyozma asarning nomi muallif ismidan oldin yozilishi ham mumkin.

Muallif nomi. Ko‘chirilgan asr (agar mavjud bo‘lsa). Asar nomi. Qo‘lyozma (toshbosma): saqlanayotgan joy, inventar raqam.

Xondamir. XV asr. Makorim ul-axloq. Qo‘lyozma: O‘zFASHI, № 742.

Matnda qo‘lyozma (toshbosma)ga havola berish:

[Xondamir, Makorim, 17a]

Bibliografiyada:

Familiya, ism. Nashr yili. Kitob nomi. Shahar: Nashriyot nomi.

Qudratullayev, Hasan. 2018. Boburning adabiy-estetik olami. Toshkent: Ma’naviyat.

Matnda kitobga havola:

[Familiya kitob nashr yili, sahifa raqami]

[Qudratullayev 2018, 99]

Agar bir muallifning bir yilda nashr qilingan kitoblaridan foydalanilgan bo‘lsa, bibliografiyada kitobning nashr yili o‘zbek lotin alifbosi harflari bilan ajratilib ko‘rsatiladi.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2011 (a). Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. Toshkent: Akademnashr.

Sirojiddinov, Shuhrat. 2011 (b). O‘zbek adabiyotining falsafiy sarchashmalari. Toshkent: Akademnashr.

Matnda kitobga havola:

[Sirojiddinov 2011 (a), 99]

[Sirojiddinov 2011 (b), 67]

Ikki muallif tomonidan yozilgan kitobni bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism va Ism Familiya. Nashr yili. Kitobning nomi. Shahar: Nashriyot nomi.

Abdurahmonov, G‘anijon, Alibek Rustamov. 1984. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari.  Toshkent: Fan.

Matnda kitobga havola:

[Familiya va Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Abdurahmonov,  Rustamov 1984, 52]

Agar kitobning uch va undan ortiq muallifi bo‘lsa, bibliografiyada barcha mualliflarning ismi to‘liq yoziladi. Bunday kitobga havola qilinganda, birinchi muallifning ismi yozilib, davomida va boshqalar deb ko‘rsatiladi:

[Familiya va boshqalar nashr yili, sahifa raqami]

[Vohidov va boshqalar 2010, 847]

Kitob yoki to‘plam maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Kitob yoki to‘plam nomi, Ism Familiya, Ism Familiya muharrirligida, maqola sahifasi raqamlari. Shahar: Nashriyot.

Abdug‘afurov, Abdurashid. 2016. “Badoye’ ul-bidoya”ning tuzilish sanasi”. XX asr o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi,  Olim To‘laboyev muharrirligida, 174–184. Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.

Matnda kitob yoki to‘plam maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Abdug‘afurov 2016, 176]

Elektron shaklda nashr qilingan kitoblar uchun:

Elektron kitobning bir nechta formati bo‘lsa, bibliografiyada foydalanilgan format ko‘rsatiladi. Elektron kitobning internet manzili (URL) hamda shu manba olingan sana ko‘rsatilishi lozim.

Elektron kitobni bibliografiyada berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. Kitob nomi. Shahar: Nashriyot nomi. URL. Foydalanilgan sana.

Mamatov, Ulug‘bek. 2018. O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari. Toshkent: Mumtoz so‘z.  https://kitobxon.com/uz/catalog/sanat/. 12.03.2019. 

Matnda elektron kitobga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Маматов  2018, 11]

Ikki muallif tomonidan yozilgan elektron kitobni bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism va Ism Familiya. Nashr yili. Kitobning nomi. Shahar: Nashriyot nomi. Internet adres (URL).

Sirojiddinov, Shuhrat va Sohiba Umarova. 2017. O‘zbek matnshunosligi qirralari. Chikago: Chikago universiteti nashriyoti. http://press-pubs.uchicago.edu/founders/.

Matnda elektron kitobga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Sirojiddinov 2017, 19-hujjat]

Chop etilgan jurnal maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi”. Jurnal nomi jurnal soni: maqola sahifalari.

Mahmudov, Nizomiddin. 2013. “Termin, badiiy so‘z va metafora”. O‘zbek tili va adabiyoti  4: 3 – 8.

Matnda jurnal maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Mahmudov,  2013, 5]

Elektron jurnal uchun:

Elektron jurnal uchun jurnalning DOI manzili ko‘rsatiladi. Agar DOI manzili mavjud bo‘lmasa, internet adresi ko‘rsatilishi kerak (URL). DOI – bu o‘zgarmas ID bo‘lib, internet tarmoqlarining elektron adreslari tizimiga ulangan, ya'ni manbani boshqaruvchi http://dx.doi.org/ manzildir.

Elektron jurnal maqolasini bibliografiyada berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Jurnal nomi jurnal soni: maqola sahifalari. DOI adres (yoki URL).

Aminov, Hasan. 2018. “O‘zbekiston san’atida temuriylar siymosi”. O‘zbekistonda xorijiy tillar 2: 246 – 253. doi: 10.36078/1596780051.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Aminov 2018, 248]

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasiga havola matn shaklida beriladi (masalan, Muhammadjon Imomnazarovning 27.02.2005dagi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida aytilganidek…); odatda, bunday manbalar umumiy adabiyotlar ro‘yxatida keltirilmaydi. Agar keltirilsa, kitoblarga qo‘yiladigan talablarga asosan beriladi.

Agar onlayn maqolaga havola berilayotgan bo‘lsa, uning internet manzili (URL), maqola olingan sana ko‘rsatilishi kerak.

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Gazeta-Jurnal nomi, nashr sanasi.

Imomnazarov, Muhammadjon. 2005. “Jomiy “Xamsa” yozganmi?.” O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, January 25.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Imomnazarov 2005, 4]

Elektron gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliografiyada  berish:

Familiya, Ism. Nashr yili. “Maqola nomi.” Jurnal nomi, nashr sanasi. Internet adres.

Jabborov, Rustam. 2019. “Navoiyning Tabrizda yashagan xorazmlik kotibi”. UZA: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 08.12. https://uza.uz/uz.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Jabborov  2010, 17]

Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek lotin alifbosi tartibida beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati ikki qismdan iborat bo‘lishi, birinchi qismda foydalanilgan adabiyot chop etilgan grafikada yuqorida ko‘rsatilgan shaklda rasmiylashtirilishi, ikkinchi qismda esa barcha foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek lotin alifbosida berilishi talab qilinadi. Misol uchun:           

              Adabiyotlar

Баранов, Х.К. 1958. Aрабско – русский словарь. Москва: Наука.          

              Adabiyotlar

Baranov, X.K. 1958. Arabsko – russkiy slovar. Moskva: Nauka.

Maqolani rasmiylashtirish talablarining ingliz tilidagi variantini The Chicago Manual of Style, 16th Edition” qo‘llanmasi yoki https://www.chicagomanualofstyle. havolasidan ko‘rib olishingiz mumkin.