Xorijlik talabalar

 

            Universitetimiz   xorijlik va uyidan uzoqda bo'lgan talabalar uchun g‘amxo‘r maskandir. Mahalliy talabami yoki xorijlik - bundan qat'i nazar, biz talabalar uchun  yaratgan muhit  qulay hamda yoqimli.

 


 

 

ToshDO‘TAUda ta’lim olish oson emas, lekin umuman olganda , bu ajoyib muassasa! U shahar markaziga juda ham yaqin, universitet jamoasi ham  mehmondo'st va har doim yordamga shay.  Shahar ham, universitet ham  muvozanatli turmush tarziga ega, bu yerda ijtimoiy va ilmiy muhit ajoyib. Har bir kursda professorlar maxsus material, tadqiqot va eksperimentlar orqali  o'qitishga katta e’tibor berishadi . Nazariyani amaliyotga tatbiq qilish uchun  juda ko'p imkoniyatlar mavjud, bu esa bitiruvchilar uchun bebaho tajriba  beradi hamda shunday noyob kadr sifatida keyinchalik ishga joylashadilar.

 Rayan Shvaytser ,  AQSH,  Toshkent  davlat  o'zbek tili va adabiyoti universitetining Fulbrayt dasturi  talabasi, tadqiqotchisi .

 


 

 

 

ToshDO‘TAU ta’lim olish uchun ajoyib maskan! Men bu universitetda  ta’limni osonlashtirishga yordam beruvchi ko'plab professorlarni uchratdim .  Akademik qat'iylik juda aniq, hatto  o'qituvchilar har qanday holatda ham  o'z vaqtida tayyor bo'lishlari shart . Men Madaniyatlararo muloqot va turizm  kafedrasida ko'p yillar davomida ishlayotgan professorlarni  uchratdim, ular mening o'qish jarayonim  va talabalikdagi  muvaffaqqiyatlarim haqida chin dildan qayg'urishlari yoqimli.

Li Di, Xitoy, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti  universiteti mustaqil tadqiqotchisi.


 

 

 

ToshDO‘TAU darslariga qatnashar ekanman , o'zimni g‘amxo‘r muhitda, qolaversa, biroz talabchanlikni his qildim. Men yo'limda juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldim , bu menga shaxsiy va akademik jihatdan o'sishimga yordam  beradi . Ushbu universitetni tanlab adashmaganimga  ko'p marotaba ishonch hosil qildim, chunki bu maskan mening kelajakdagi maqsadlarim va intilishlarim yo’lida qat’iy harakat qilishga undadi .

Krista Joy , AQSH


 

 

 

Aslida  universitet juda yoqdi, ayniqsa, kampus  xilma – xiillikka  ega va xodimlar juda samimiy, eng yaxshi mezbonlar. Men   o'zimni katta  jamiyatga qo'shilgandek his qilyapman , hattoki umuman begona bo'lsam ham. Universitet jamoasi akademik  muvaffaqiyat va ruhiy  salomatlik bo'yicha juda katta yordam beradi.

Kristin Robinson ,AQSH


 

 

 

Men xorijlik  talaba sifatida hayotimni keskin o‘zgartirishga tayyor  edim va o'ylaymanki, men bu jarayonga boshqalardan  ko'ra yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganman. Hayratlanarlisi esa men bu bu yerda umuman hayajonlanmadim. Umuman olganda, tajriba  haqiqatdan  ham ajoyib bo‘ldi. Ta’lim mobaynida Siz muntazam ravishda  rejalashtirsangiz va mashq qilsangiz , ishni oson bajara olasiz.  Universitet xodimlari kutganingizdan ko‘ra samimiy  va mehmondo'st. Menga  o'xshagan  chet ellik talaba uchun bu  Siz topa oladigan eng yaxshi ta’lim dargohi deb ayta olaman.

Yan Oka ,Polsha


 

 

 

Ushbu universitetda o’qiyotganimga 3 yil bo’ldi va shu vaqt davomida ilmga chanqoq talabalarni uchratdim, ular bilan do’st tutindim. Shuni aytishim joizki, universitet o’qituvchilari doimo qiziqarli darslar olib borish bilan birga bizga o’zbek urf-odatlari va madaniyatlari aks etgan mavzular bilan tanishtiradilar. Universitetda o’qish jarayonida juda qimmatli tajribaga ega bo’lmoqdaman desam adashmagan bo’laman.

Ahmet Bozkurt ,Turkiya