Roza Niyozmetovaning ilmiy maktabi
Pedagogika fanlari doktori, professor Roza Niyozmetovaning ilmiy maktabi
Axborotlar asrida mustaqil fikrlovchi yoshlarga ehtiyoj oshishi davr talabidir. Shunga koʻra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq oʻzgarishlar qilishi har bir oʻquvchida zamonaviy shaxsning sifatlarini shakillantrish uchun maktablarda, xususan о‘zga tilli maktablarda oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish orqali ularda oʻzbekona milliy ruhni va qadriyatlarni yanada teranroq anglashlariga erishish bevosita xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va doʻstona munosabatlarning ham samimiylashuviga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv sharoitida oʻzga tilli ta’lim muassasalaridagi yoshlarni oʻzbek adabiyotiga qiziqtirish, uning durdona asarlari bilan oshno qilish, milliy qadriyatlarga oʻrgatish oʻqituvchilardan yuksak mahoratni talab etadi.
Pedagogika fanlari doktori, professor Roza Niyozmetova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti “Ona tili va adabiyoti ta’limi” kafedrasi professori sifanida kaferda qoshida tashkil qilingan Ona tili va adabiyot ta’limi ilmiy-tadqiqot markazi a’zosidir. Uning rahbarligida olib borilayotgan tadqiqotlar o‘zga millat vakillariga o‘zbek adabiyotini o‘rgatish, o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi ilmiga oid yangi qarashlarni adabiy ta’lim jarayoniga olib kirish, adabiyot darslarida oʻquvchilarni badiiy asar qahramonlarini tanqidiy baholashga oʻrgatish kasb-hunar kollejlarida ona tili va adabiyot fanlarini ixtisoslikka yoʻnaltirib oʻqitish, аdabiy ta’lim va integrativ yondashuv masalalarini oʻganishga bagʻishlangan.
Roza Niyozmetova shu yoʻnalishda 4 ta monografiya, 11 ta darslik, 19 ta oʻquv qoʻllanma, 14 ta metodik qoʻllanma hamda 200 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar nashr qilgan.
2015-yilda R.Niyozmetova akademik litseylarning 3 ta bosqichi uchun yaratilgan “Oʻzbek tili” oʻquv qoʻllanmalari uchun “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.
Olima rahbarligida bugungi kungacha 9 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalarini himoya qilgan, 1 nafar tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini yakunlab, himoya kengashiga topshirgan. Shunigdek, 3 nafar tadqiqotchi doktorlik, 4 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilayotgn dissertatsiya ishlarini nihoyasiga yetkazmoqdalar.