Xalqaro reytingda ishtirok etish

     

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti THE Impact Rankings 2025da qariyb 100 pogʻonaga koʻtarildi. 
Ayniqsa, gender tengligini ta’minlash (SDG 5) yo‘nalishida dunyoda TOP 20 natijaga erishdi. Umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha universitet 80,5 ball bilan 201-300-o‘rinni (2318 ta institut orasida) qayd etdi.  Boshqa BRM yo‘nalishlarida quyidagi natijalar qayd etildi: sifatli ta’lim berish bo‘yicha 23-o‘rin, tinchlik, adolat va mustahkam institutlar sohasida 201-300-o‘rin, barqaror rivojlanish yoʻlida hamkorlik 401-600-o‘rin. Qashshoqlikka barham berish 101-200-oʻrin,tabiatni asrash va  farovonlik kabi yo‘nalishlarda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi.
Tashkil topganiga endigina 9 yil bo‘lgan universitet uchun bu yuqori darajadagi reytingga kirish va unda munosib natijalar ko‘rsatish, albatta, katta muvaffaqiyat va murakkab vazifa edi. ToshDO‘TAU sifatli ta’lim berish, o‘z yo‘nalishida dolzarb ilmiy tadqiqotlar olib borish va Birlashgan Millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish yo‘lida doimiy va tizimli faoliyat yuritmoqda. Shu sababli, global muammolarga yechim topish va jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan harakatlari natijasini ko‘rish mumkin. Universitet 2022-yilda 800+ o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2023-yilda dunyoning TOP 600+ universitetlari qatoriga kirib, 2024-yilda 301-400-o‘rin oralig‘ida joy olgan edi. Bu natijalar ToshDO‘TAU ning ilmiy va ijtimoiy sohada qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini va global miqyosda o‘ziga xos o‘rin tutishga intilayotganini yaqqol ko‘rsatadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish nazarda tutilgan. 2025-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilk bor QS World University Rankings 2025 ro‘yxatiga kirdi!
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda ilm-fan, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur strategiyaning samarasi sifatida, universitetimiz “Modern Languages” (Zamonaviy tillar) yo‘nalishida 301-350 o‘rinlarni egallab, xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamladi.

 

“Greenmetrics” xalqaro reytingi
Dunyoga mashhur "UI GreenMetric"  jahon universitetlari reytingining 2024-yil natijalariga ko'ra universitet 347-oʻrinni qayd etdi.
2022-yilda universitetimiz ushbu reytingda birinchi marta ishtirok etib, 507-oʻrinni, 2023-yilda esa 376-o'rinni  egallagan .

     Universitetning nomi bilan QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) reyting platformalari ochilgan bo’lib, ma’sul xodimlar tomonidan ma’lumotlar yuklanib kelinmoqda. Batafsil ma’lumotlar quyida:

photo

QS (Quacquarelli Symonds)

photo

THE (Times Higher Education)