Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori
1978-1984 - Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) Sharq fakultetida tahsil olgan. Mutaxassisligi filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti o‘qituvchisi.
1984-1986 - harbiy xizmatda
1987-1993 - Samarqand davlat universiteti, o‘qituvchi
1993-1998 - O‘ZFA Samarqand bo‘limi ilmiy kotibi
1998-2003 - Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari
2003-2005 - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri
2005-2012 - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori
2012-2014 - Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
2014-2015 - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori
2015-2016 - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
2016-yildan hozirgi vaqtga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori
- O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- ToshDO‘TAUda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
- ToshDO‘TAUning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, ToshDO‘TAUning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
- Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
- ToshDO‘TAUning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
- Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
- O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Talabalarni, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni universitetga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki-mehnat tartibiga rioya etilishini ta’minlash;
- Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
- Fakultetlar va kafedralar faoliyati, kredit modul tizimiga asoslangan o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, , o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash
- ToshDO‘TAUda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
- Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;
- ToshDO‘TAUning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ToshDO‘TAU Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, ToshDO‘TAUning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
- Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, ta’lim uchun investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, ilmiy markaz (kafedra, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
- Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
- O‘zbek tilining nufuzini nafaqat milliy doirada, balki jahon hamjamiyatida ham oshirish va shu maqsadda ilm-fan rivojlangan dunyoning yetakchi mamlakatlarida o‘zbek tilini o‘qitish kurslarini tashkil etish choralarini ko‘rish;
- O‘zbek adabiyotining zamonaviy jahon adabiyoti kontekstida targ‘ib qilinishi hamda tarjima ishlarini amalga oshirish borasida tegishli tadbirlarni hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
- O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning dunyo ta’lim standartlariga mos milliy konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish jarayoniga rahbarlik qilish;
- Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
- O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.