Axborot-resurs markazi

Alisher  Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar

  

Axborot-resurs markazi haqida
Axborot-resurs markazi umumiy fondi: 13060 nomda, 34,187 sondagi adabiyotlardan iborat. Shuningdek, Janubiy Koreya, Moskva, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston universitetlari tomonidan hadya etilgan 1500 dan ortiq adabiyotlardan iborat. 

 

Jumladan, Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati bo‘yicha yaponiyalik mashhur olim Xisao Komadsu tomonidan Axborot-resurs markazi fondiga 150 ta nodir kitoblar hadya etilgan.  Filologiya fanlari doktori, professor O.Azizov esa 3 mingdan ortiq kitobni fondimizga sovg‘a qilgan. Akademik Aziz Qayumovning 2 mingdan ortiq adabiyotlari Axborot-resurs markaziga hadya etilgan.

Axborot-resurs markazi xizmatlaridan foydalanish

A’zo bo‘lish:

  •  Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
  •  2 ta 3x4 hajmdagi fotosurat hamda unining elektron shakli

Foydalanish uchun

  • kitobxonlik biletini taqdim etish lozim.

Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega :

  • Axborot-resurs markazi fondidan kerakli hujjat, manbalardan vaqtinchalik foydalanish; 
  • Axborot-resurs markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ma'lumot axborot, bibliografik va boshqa xizmat turlaridan foydalanish; 
  • Axborot-resurs markazida o'tkaziladigan tadbir, aksiya, loyihalarda qatnashish.