Missiya
UNIVERSITETNING STRATEGIK MAQSADI
Hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tili va adabiyotining xalqaro miqyosda nufuzini ko‘tarish, o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada dunyoda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va samaradorligini kuchaytirish, o‘zbek adabiyoti targ‘iboti orqali o‘zbek madaniyatini jahondagi yuksak maqomini tiklash, Alisher Navoiy xalqaro institutini tashkil etish va uning jahoniy miqyosda faoliyatini tashkil etish, ta'lim-tarbiya tiziminig barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish.
UNIVERSITET MISSIYASI
- xalqimizning milliy ruhi va o'zligining, madaniy - ma'rifiy olami, milliy g'oyaning asosi hisoblangan ona tili va adabiyotini yanada rivojlantirish;
- o'lkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi oqibatida shakllangan asoratli muammolarni bartarafetish;
- qadimiy va boy tarixga ega o'zbek tilining tarixiy shakllanish va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini chuqur tadqiq etishni yo'lga qo'yish;
- o'zbek tili va adabiyotini, uning o'ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o'zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash;
- ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o'zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;
- o'zbek tili va adabiyotini xalqaro miqyosda targ'ib etish, xorijdagi oliy o'quv yurtlari uchun o'zbek tili o'qituvchilarini tayyorlash;
- mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalari uchun chuqur gumanitar bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash.