Qozoqboy Yo'ldoshev ilmiy maktabi
Filologiya fanlari doktori, Qozoqboy Yoʻldoshevning ilmiy maktabi
Globallashgan dunyo insoniyatni axborot olishning texnik vositalari bilan yuksak darajada ta’minlaganligi tufayli odamlar orasida kitobxonlik keskin pasayib ketdi. Ayniqsa, bizning mamalakatimizda ayanchli tus oldi. Bunga uzluksiz ta’lim tizimi muassasalalarida adabiyot oʻqitish toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi ham oʻziga xos sababdir. Ilmiy maktab a’zolari uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida adabiyot oʻqitishning samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradilar. Unda texnologik ta’lim usullari, interfaol metotlar, muammoli ta’lim, adabiyot saboqlarida oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish, pedagogik hamkorlik singari adabiyot oʻqitishning eng dolzarb muammolarini ilmiy metodik yoʻsinda hal qilish koʻzda tutiladi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun uch nafar fan doktori, toʻqqiz nafar fan nomzodi, uch nafar doktorant hamda uch nafar magistrant ilmiy faoliyat olib boradi. Ularning ilmiy tadqiqotlari maktabgacha ta’lim muassalari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda oliy filologik ta’limda adabiyot oʻqitishning samaradorligini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Qozoqboy Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangan. Olim 30 nomda ilmiy va va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilgan, shu jumladan, 1 ta pedagogik atamalar lug‘ati (hamkorlikda), 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 750 dan ortiq maqalalar chop etgan.