Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon ilmiy tadqiqot markazi

   Muhammad Fuzuliy jahon adabiyoti xazinasiga bebaho durdonalar bo‘lib qo‘shilgan shohona asarlari bilan nafaqat Ozarbayjon, balki O‘rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o‘zbek xalqining ham sevimli shoiridir. Qardosh respublikalarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik ahamiyatga molikligini hisobga olsak, ikki tomonlama munosabatlar faqat iqtisodiy-siyosiy emas, balki, ijtimoiy-madaniy, ta’lim sohalarida ham hamkorlik zarur ekanini qayd etish lozim. Shu munosabat bilan universitetda turkiy xalqlar adabiyotini, jumladan, o‘zbek – ozar adabiy munosabatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etuvchi Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markaziga asos solindi.


Markazining xususiyatlari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Fuzuliy nomidagi o’zbek-ozarbayjon ilmiy tadqiqot markazi 2019-yil oktabrda tashkil etildi.  Ushbu markazning rahbari dotsent, filolgiya fanlari nomzodi –GulbahorAshurova.

Ikki xalq o'rtasidagi til, adabiyot, adabiy aloqalar va madaniyat sohasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish zaruriyati, sohadagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi  hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan  Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi va universitet hamkorligida ushbu markazga asos solindi. Markazning hamkorlik yo‘nalishlari quyidagicha:

 mutaxasis va ijodkorlar tarkibi almashinuvini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash;

● shoir va yozuvchilar, tadqiqotchilar, olimlar ilmiy almashinuvini amalga oshirish;

● adabiyot, madaniyat, san'at bo'yicha nashrlar almashinuvini qo'llab-quvvatlash;

● gumanitar xarakterdagi bir qator tadbirlarni (mahorat darslari, kitoblar taqdimoti, kitoblar tarjimasi, ma'ruzalar, til kurslari, adabiy uchrashuvlar, yoshlar kechalari, konsert dasturlari, adabiy asarlar asosida teatrlashtirilgan tomoshalarni) birgalikda o'tkazish;

● o'qituvchilar va mutaxassislarni konferensiyalar, seminarlar, ilmiy va adabiy simpoziumlar, tanlovlar va festivallarga, mahorat darslariga o'zaro taklif qilishga ko'maklashish;

● adabiyotning dolzarb muammolari va har ikki tomonning mumtoz asarlari bo'yicha kitoblarni birgalikda tarjima qilish, nashr etish;

● tashkilotlar kutubxonalari o'rtasida aloqalarni o'rnatish va hamkorlik qilish;

● o'zbek-ozarbayjon va ozarbayjon-o'zbek ijodkorlari asarlarini tarjima qilish bo’yicha tarjimonlar, tilshunos olimlardan iborat ishchi guruhni yaratish;

● Fuzuliy nomidagi o’zbek-ozarbayjon ilmiy tadqiqot markazi tashabbusi bilan ikki tomonlama hamkorlikda ijodkorlarning yubileyiga bag’ishlab turli tadbirlarini tashkil etish va hokazo.

 

Ганира Пашаева решила проблемы избирателей – Bakutime.AzOzarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi rahbari Ganira Poshshayeva tabrigi.

“Men  Toshkentdagi Alisher  Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Fuzuliy markazida bo’ldim. Bu markazda Ozarbayjon o’lkasining qiyofasi, ramzlari – bir parchasini ko’rdim! Markaz bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz.

     Rektor Shuhrat Sirojiddinov  Samir Abbasovning ushbu Fuzuliy nomidagi o’zbek-ozarbayjon  markazini ochish tashabbusini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi. Ozarbayjon madaniyatining muhim qismi, xalqlarimiz va prezidentlarimiz do'stligidir! Yashasin, O’zbekiston-Ozarbayjon do’stligi!”  

 

Markazning ochilish marosimi

       Fuzuliy nomidagi ozbek-ozarbayjon ilmiy-tadqiqot  markaziga 2019-yil 19-oktyabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan  Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda asos solindi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov va Ozarbayjon Madaniyat markazi rahbari Samir Abbasov.

 

Imomiddin Nasimiyning 650 yillik yubileyiga bag’ishlangan tadbir  “Qardoshlik” nomidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi rahbari Firdavsiy Guseynov markaz tinglovchilari bilan. 

2019 yil, fevral. Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi rahbari, shoira, yozuvchi, siyosatshunos Ganira Poshshayeva va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov markazga tashrif buyurdi.

23-oktabr kuni universitetimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, qardosh xalqlar adabiyoti bilan yosh avlodni yanada keng tanishtirish maqsadida Markazda oliy darajadagi mehmonni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Bahodir Xoliqov, markaz rahbari Gulbahor Ashurova, professor Saodat Muhammedovalar kutib oldi. Mehmonlar bilan  keng qamrovli suhbat boʻlib oʻtdi. Istiqbolli faoliyat, adabiy-aloqalarni rivojlantirish  rejalari haqida fikr bildirildi.  Suhbatdan soʻng Ganira Poshshayevaning “Qadam-qadam Oʻzbekiston” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 “Turkologiya” jurnalining taqdimoti

 

Xalqaro indeksga ega “Turkologiya” jurnalining taqdimoti markazda 2020-yil oktabrida bo’lib o’tdi. Jurnal muharriri filologiya fanlari doktori, professor Elchin Ibrohimovning tashrifi.

 

Shayx Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi va mutafakkir Navoiyning 580 yilligi yubileyi

An’anaviy tarzda har yili 8-fevral kuni  Alisher Navoiy va XXI asr xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tadi.

Ramiz Askar bilan uchrashuv

 Markazda Alisher Navoiy “Xamsa”sini o‘zbek tilidan ozar tiliga o'girgan tarjimon, professor Ramiz Askar bilan uchrashuv. 2020 yil 20-oktabr.

“O’zbekcha – ozarbayjoncha, Ozarbayjoncha – o’zbekcha” lug’at kitobi taqdimoti

Ushbu tarixiy lug’at kitobning mas’ul muharriri professor Shuhrat Sirojiddinov! Kitob taqdimoti markaz tashabbusi bilan tashkil etildi.

Navoiyshunos olima Almaz Ulviy tashrifi

2020-yil fevral oyida markazning tashabbusi bilan navoiyshunos, Ozarbayjon FA “Ozarbayjon-Turkmaniston-O'zbekiston adabiy aloqalari” bo'limi rahbari, professor Almaz Ulviy tashrif buyurdi. Olimaning kitoblari taqdimoti bilan birga mahorat darslari tashkil etildi.

Nizomiy va Navoiy “Xamsa”larini o'rganish

Har yili fevral oyida Nizomiy va Navoiy “Xamsa”lari qiyosiy o'rganilib, navoiyshunos olimlar va talabalar o'rtasida uchrashuv o'tkaziladi.

Yangi kitoblar taqdimotlari

Yil davomida nashr etilgan Ozarbayjon adabiyoti, tarixi, madaniyati va rassomlikka oid kitoblari taqdimotlari muntazam tashkil etiladi.

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Fuzuliy nomidagi oʻzbek – ozarbayjon ilmiy – tadqiqot markazi 2019-yil oktabrda tashkil etilgan.  Ikki xalq oʻrtasidagi til, adabiyot, adabiy aloqalar va madaniyat sohasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish markazda yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Xalqlarimiz  oʻrtasidagi munosabatni mustahkamlashni maqsad qilgan markazda  ozarbayjon tilini zamonaviy metodikalar asosida oʻrganish imkoniyatini beruvchi koʻplab  kitoblar talabalarga har ikki til va adabiyotning nozik jihatlarini oʻrganishda qoʻl kelmoqda. Fuzuliy nomidagi  markazning   faoliyatini mazmunli tashkil etgan ustozimiz Gulbahor Ashurovaga, xalqaro aloqalarning keng koʻlamli rivojini qoʻllab-quvvatlagan, rivojlantirgan  rektorimiz Shuhrat Samariddinovichga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

 
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida joylashgan Fuzuliy nomidagi oʻzbek – ozarbayjon ilmiy tadqiqot markazi  asosan ikki qardosh xalq adabiyoti ixlosmandlarini birlashtiruvchi maskandir. Ushbu markaz Ozarbayjon elchixonasining fan va madaniyat markazi bilan hamkorlikda shakllantirilgan boʻlib, bir qator tadbirlarni tashkillashtirib kelyapti. Markaz a’zolari Boku, Shomaxi, Ganja kabi shaharlardagi oliy taʻlim markazlari bilan qoʻshma dasturlarni amalga oshiradi. Markaz faoliyatiga muvaffaqiyat tilayman, va uning tashkilotchilaridan minnatdorman.

 

  Markaz a’zolari Boku, Shusha kabi shaharlardagi oliy ta’lim markazlari bilan qoʻshma dasturlarni amalga oshiradi. Fuzuliy markazida muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpozium va tadbirlar oʻtkaziladi. Fuzuliy markazi faollari Turkiy tilli davlatlar dasturlari boʻyicha xalqaro loyihalarida faol ishtirok etadilar. 2019 yilda Bokuda “Maqsud Shayxzoda ijodining 100 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi va ushbu konferensiyada bizning talabalar ham onlayn tarzda faol ishtirok etishdi va faxriy oʻrinlarni egalladilar. Markaz tashkilotchilariga cheksiz minnatdorchiligimizni bildirgan holda kelajakdagi xalqaro faoliyatiga zafarlar tilaymiz.

 

Markaz a'zolari Navoiy siymosida

Boku davlat universitetida markaz tinglovchilari Oybekning “Navoiy” romani asosida sahna ko'rinishi tayyorladilar.

Ozarbayjon madabiyat markazida Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi tadbiri

Tadbirda markaz tinglovchilarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Faxriy unvon

Rektor Shuhrat Sirojiddinovga Ozarbayjon FA  Adabiyot instituti direktori, akademik Isa Habibeyli faxriy professor unvonini topshirdi.2021 yil, yanvar.

Markaz a'zolari Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida bo'lib oʻtgan tadbirda vatanparvar shahidlarga bag’ishlangan oʻzbekcha she’rlar oʻqidilar.

 

Fuzuliy nomidagi oʻzbek-ozarbayjon ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan quyidagi kitoblar tarjima qilindi: 
1.    Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” dostoni (tarjimon: Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol, muharrir va nashrga tayyorlovchi G. Ashurova).
2.    Yunus Oʻguzning “Ovchi” romani (tarjimon: G. Ashurova).
3.    “Ozarbayjoncha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ozarbayjoncha” lug’at kitobi (Mas’ul muharrir: Sh. Sirojiddinov).

 

...
Ashurova Gulbahor Nurullayevna

 

+998903464717
gulbahora777@gmail.com