Ilmiy laboratoriyalar

 

 

“O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi

Laboratoriyada yoshlarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy metodlari to‘g‘risidagi bilimlarini, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisining kasbiy faoliyatiga doir dastlabki ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, sohaga oid nazariy bilimlarni takomillashtirishga oid ishlar amalga oshiriladi.

“Xattotlik va matnshunoslik” laboratoriyasi

Laboratoriyada talabalarga arab adabiy xat turlarini o‘rgatish, turkiy, arab va fors tilidagi qo'lyozmalarni o‘qish, ularni joriy imloga tabdil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda arab xat turlari bo‘yicha kalligrafiyadan mashg‘ulotlar olib boriladi.

 

 

 

 

 

“Badiiy tarjima” laboratoriyasi

Laboratoriyada inglizcha-o‘zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib borish bilan bir qatorda badiiy asarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, tarjimashunoslik sohasida tadqiqotlar olib borish, badiiy tarjima uchun mo‘ljallangan elektron lug‘atlar yaratish kabi qator ishlar olib boriladi. Laboratoriyada o‘zbek tilining matematik va kompyuter modellarini yaratish, o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, inglizcha-o‘zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib boriladi.

“Sinxron tarjima” o‘quv-amaliy laboratoriyasi

Laboratoriya talabalarning og‘zaki tarjimaning sinxron, ketma-ket, chochoutage (shivirllab tarjima qilish), varoqqa qarab tarjima qilish uchun zarur ko‘nima va malakalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Laboratoriyada yuqorida keltirilgan maqsadlardan tashqari “mockconference” ‒ imitative anjuman, mock-interview, mock-forum kabi maxsus mashg‘ulotlar ham olib boriladi.

 

 

 

“Kompyuter lingvistikasi” ilmiy-amaliy laboratoriyasi

Laboratoriyada talabalarga arab adabiy xat turlarini o‘rgatish, turkiy, arab va fors tilidagi qo‘lyozmalarni o‘qish, ularni joriy imloga tabdil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda arab xat turlari bo‘yicha kalligrafiyadan mashg‘ulotlar olib boriladi.

 

O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi

Mazkur laboratoriyada ona tili va o‘zbek tilini ikkinchi til (xorijiy til) sifatida o‘qitish bo‘yicha o‘quv adabiyotlar, elektron dasturlar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar bajariladi.