QS (Quacquarelli Symonds)

QS (Quacquarelli Symonds) World University Rankings - har yili saralanib ro’yhat qilinadigan universitetlar reytingi hisoblanadi. Reyting ilgari Times Higher Education - QS World University Rankings nomi bilan tanilgan edi, chunki nashriyot 2004 yildan 2009 yilgacha Times Higher Education (THE) jurnali bilan hamkorlik qilib, ikkalasi ham oʻz versiyalarini eʼlon qilgunga qadar xalqaro reytinglar ro’yhatini eʼlon qilib kelar edilar . QS avvaldan mavjud bo'lgan metodologiyadan foydalanishni davom ettirishga qaror qildi, THE esa o'z reytinglarini yaratish uchun yangi metodologiyani qabul qildi.

QS World University Rankings tomonidan eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi.

Quacquarelli Symonds tomonidan e’lon qilingan World University Rankings 2022 reytingida Massachusets texnologiya instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikni Oksford va Stenford universitetlari to‘ldirib turishibdi. Massachusets texnologiya instituti QS World University Rankings 2022 reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu institut 2012 yildan beri birinchi o‘rinni egallab keladi.

QS World University Rankings 2022 bo‘yicha top-10 universitetlar:

  1. Massachusets texnologiya instituti (AQSh)
  2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)
  3. Stenford universiteti (AQSh)
  4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)
  5. Garvard universiteti (AQSh)
  6. Kaliforniya texnologiya universiteti (AQSh)
  7. London imperial kolleji (Buyuk Britaniya)
  8. Syurixdagi Shveysariya federal texnologiya instituti (Shveysariya)
  9. UCL — London Universitet kolleji (Buyuk Britaniya)
  10. Chikago universiteti (AQSh).

 

 

 

 

Reyting dunyo bo‘ylab 1300 ta universitetni o‘z ichiga olgan.

Muassasalar oltita mezon bo‘yicha baholangan:

  • universitetning akademik mavqesi;
  • ish beruvchilar orasidagi mavqesi;
  • o‘qituvchilar va talabalar nisbati;
  • universitetning iqtiboslarda keltirilish ko‘lami;
  • umumiy o‘qituvchilar orasida xalqaro o‘qituvchilar nisbati;
  • umumiy talabalar orasida xalqaro talabalar nisbati.

Credits: https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/09/top-universities/

Xalqaro reyting va strategik rivojlanish bo'limi