Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik va kafedrasi

img

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi o‘zbek matnshunosligining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari, asliyat va tabdil, adabiy manbalarni tadqiq etishda talqin masalasi kabi muammolarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Kafedrada matnshunoslik va manbashunoslik sohasida Sh.Sirojiddinov, R.Zohidov, M.Abdulxayrov kabi yirik olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

 

Kafedra mudiri: filologiya fanlari  doktori, dotsent Zohidov Rashid Fozilovich.

Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 6 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 2 nafar professor, 2 nafar filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar o'qituvchi.

Kafedra ilmiy salohiyati: 80 %
Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy-amaliy muammolarini ilmiy-fundamental asosda tadqiq etish;
  • Asliyat yozuvidagi adabiy manbalar va mumtoz matnlarni o‘rganish jarayonida matnshunoslikning zamon talablari darajasidagi tizimli yaxlit nazariyasini yaratishga zamin hozirlash;
  • Adabiy-tarixiy merosga yondashuvning mumtoz an’ana va zamonaviy yutuqlar uyg‘unligiga asoslangan qonuniyatlarini muntazam takomillashtirish, nazariy-tajribaviy natijalarni ilmiy muomalaga kiritib borish;
  • Mamlakat va xalqaro miqyosda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi o‘quv-ilmiy muassasa va markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan sohaga oid ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda muvofiqlashtirishga erishish;
  • Universitetning qadimiy kitoblar fondida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma manbalar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar metodikasini umumlashtirish;
  • Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistr mutaxassislarning bilim va salohiyatini amaliy ko‘nikmalar bilan doimiy ravishda mustahkamlash;
  • Kafedraning ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish, ilmiy ekspertizadan muvaffaqiyat bilan o‘tgan fundamental tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish;

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili).

Magistratura mutaxassisliklari: 
70230301 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili).

Kafedrada o'qitiladigan fanlar


Adabiy manbalar bilan ishlash amaliyoti Sillabus
Asliyat va tabdil muammolari fanining ishchi oʻquv dasturi_compressed
Asliyat va tabdil muammolari oʻquv dasturi_compressed
Asliyat va tabdil muammolari Sillabus_compressed
Eski oʻzbek tili va yozuvi oʻquv dasturi
Eski o'zbek tili va yozuvi Sillabus 2023
Eski oʻzbek yozuvi manbalarini oʻqish va tushunish amaliyot oʻquv
Folklor matnshunosligi muammolari Sillabus
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Sillabus
Matn va uni talqin qilish tamoyillari Sillabus
Matnshunoslik asoslari oʻquv dasturi(sillabus)
Matnshunoslik nazariyasi Sillabus
maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi Sillabus.2023
Mumtoz fors va arab tili Sillabus 2023
Mumtoz matn tili Sillabus
O'z.til.tarixiy gr. matn 3-kurs
Sharq epigrafikasi oʻquv dasturi
Xattotlik va kitoblar sanʼati oʻquv dasturi