O‘zbek adabiyoti ta’limi

img

O‘zbek adabiyoti ta’limi  kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan. Ona tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi negizida yaratilgan. Kafedra faoliyati talabalarda adabiyotga muhabbat uyg‘otish, metodika sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishiga erishish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, innovatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonlarida faol foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. 2023-yilda kafedra huzurida Ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz fakultet ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-innovatsion faoliyatni jadallashtirish, fakultetga qarashli kafеdralarning хalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan faoliyat olib borish, ilmiy loyihalar va хoʻjalik shartnomalarini bajarish orqali rеspublika iqtisodiy soha va tarmoq tashkilotlari rivojiga hissa qoʻshish, oʻzaro hamkorlikni ta’minlash, kafеdralar pеdagog-хodimlarining ilmiy tadqiqotlari orqali moddiy manfaatdorligini oshirish, ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, maslahat va turli хildagi хizmatlar koʻrsatish, rеspublika OTM va хoʻjalik yurituvchi subyеktlar uchun sеminar-trеninglar tashkil etish, ularni amaliyotga joriy etish, oʻzbеk tili va adabiyotining tadqiqi, ta’limi va targʻibiga oid ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha izlanishlar olib boradi.

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • • O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
  • • O‘qitishning yangi zamonaviy usullari va texnologiyalarini tadqiq qilish.
  • • Global ta’limda yuz berayotgan muammolarni tahlil qilish.
  • • Adabiyot o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish.
  • • O‘zbek adabiyotidagi eng yaxshi asarlarning qisqacha sharhini yaratish.
  • • Adabiy asarlarni ta’lim bosqichlariga mos ravishda tasniflash.
  • • Muayyan ijodkorlar ijodini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar  ishlab chiqish.
  • • Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
  • • O‘zbekiston ta’lim muassasalaridagi ta’lim metodlarini xorijiy metodlar bilan qiyoslab o‘rganish.
  • • Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi professional metodist o‘qituvchi-professorlari bilan xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish.
  • • Xalqaro seminarlar tashkil etish va ushbu yo‘nalishda uzluksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun: 
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi.
Magistratura mutaxassisliklari uchun:
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi.  

Kafedrada o'qitiladigan fanlar