Ona tili ta’limi kafedrasi

img

 

Kafedra 2023-yilda Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraning asosiy faoliyati talaba – yoshlarga o‘zbek tili va adabiyotini ta’lim bosqichlarida samarali metod va usullar orqali o‘qitish, jahon standarti talablari darajasida pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosida ta’lim sifatini takomillashtirishga xizmat qilishdan iborat.

Kafedrada 5 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 3 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 2 nafari pedagogika fanlari doktori (PhD).  
Kafedra mudiri: pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mavlonova Klaraxon Maxmutovna 
Kafedra ilmiy salohiyati: 45 %.
Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun: 
5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti.
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (kunduzgi).
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti (kechki).
Magistratura mutaxassisliklari uchun:
70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti.

Kafedraning ustuvor  yo‘nalishlari:
Ona tilini o‘qitish metodikasi – talabalarni Ona tilini o‘qitish metodikasining nazariy masalalari (tushunchalar, nazariyalar va ularning isboti, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, ona tili didaktikasi va metodikasi haqida ma’lumot berish hamda ona tilini o‘quv predmeti sifatida qanday o‘qitish kerakligiga oid kasbiy kompetentlikni shakllantirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, ona tilini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy muammolarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilish.
Baholash nazariyasi asoslari – baholash nazariyasi va amaliyotiga doir so‘nggi nazariy qarashlar, filologik ta’limdagi baholash jarayoniga oid amaliy muammolar bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, baholash nazariyasi va amaliyot bilan bog‘liq eng muhim masalalarni o‘rgatish orqali ularda ona tili va adabiyot ta’limda baholash mazmunini, vositalarini, metodlarini hamda mezonlarini ishlab chiqish ko‘nikmasini shakllantirish.

Til o‘qitishga oid ilmiy tadqiqot asoslari – talabalarni hozirgi zamon til ta’limidagi ilmiy tadqiqot metodlari bilan tanishtirishdan iborat. Shuningdek, ilmiy tadqiqot bilan bog‘liq eng muhim masalalarni o‘rgatish orqali tadqiqot olib borish ko‘nikmasini shakllantirish.
Lingvodidaktika asoslari – magistrant – talabalarda til o‘qitish nazariyasi, tilshunoslik va didaktika integratsiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirish.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi – magistrantlarni ta’limning turli bosqichlarida til va adabiyot turkumidagi fanlar mohiyatini hamda ularni o‘qitishdagi o‘ziga xosliklarni, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, ayni paytda talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, sohaga oid nazariy va amaliy muammolarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

O‘qituvchi nutqi madaniyati – kelajagimiz egasi bo‘lmish yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan izchil shug‘ullanadigan o‘qituvchilar va murabbiylarimizning o‘z fikrini erkin, to‘g‘ri, ifodali, mantiqli va lo‘nda bayon eta oladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yaqindan yordam berish.
Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari – talabalarning og‘zaki nutq, yozma nutq, o‘qib tushunish hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid metodika bilan tanishtirishdan iborat.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar