Yangiliklar

img
Wed, 02/07/2024 - 20:39

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va asarlarining tarjimalari xususida

7-fevral kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti  tomonidan Xalqaro Bobur Fondi bilan hamkorlikda “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va asarlarining tarjimalari xususida”  nomli ilmiy-ma’rifiy tadbiri   tashkil etildi. Tadbirda Zokirjon Mashrabov boshchiligidagi boburshunos olimlar: Shokirxo‘ja Rustamxo‘jayev, tarjimon olim, navoiyshunos va boburshunosh filologiya fanlari nomzodi, Xalqaro Bobur mukofoti sohibi Vahob Rahmon va Rustamjon Mamasoliyevlar ishtirok etdilar.  Tadbir davomida Shokirxo‘ja Rustamxo‘jayev, Vahob Rahmon, Zokirjon Mashrabov va Ziyodaxon Teshaboyevlar so‘zga chiqib Zahiriddin Muhammad Boburning betakror merosini e’tirof etdilar.   Bobur faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas balki buyuk shoh va sarkardadir. U bosib o‘tgan qisqa ammo sermazmun va sertashvish shonli umri necha-necha tarixchilar, adabiyotshunos va siyosatshunoslar tomonidan o‘rganilganligi va  mana shu izlanishlar natijasi o‘laroq Sh. Rustamxo‘jayevning besh jildlik “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar“ nomli qomusiy, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar to‘plami va “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar“ nomli bibliografiyasi, Z. Teshaboyevaning “Boburnoma”dagi frazeologik birliklarning o‘zbekcha-ruscha-inglizcha lug‘ati, S. Shodmonovaning ““Boburnoma”ning inglizcha tarjimalarida o‘lchov birliklarning lisoniy tadqiqi” nomli monografiyasi hamda bir guruh boburshunos olimlar tomonidan  “Bobur ensiklopediyasi” va boshqa ko‘plab asar va ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi va yaratilmoqda.