Yangiliklar

img
Wed, 09/11/2024 - 19:50

Yozgi maktabning ta’limiy bosqichi yakunlandi

"Sharqqa olg'a" yozgi maktabining qatnashchilari uchun oʻzbek tili darslari va Sharq tarixiga doir ma’ruzalar yakunlandi.  Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtirilgan yozgi maktabda qatnashchilar 3 hafta mobaynida o'zbek tilini va madaniyatini o'rgandilar. Shahrimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar va milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Bugun ularga belgilangan oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Taqdirlash marosimida soʻz olgan universitetimiz xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova birinchi bor DAAD bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha muvaffaqiyatli oʻtganini va kelgusi yirik dasturlarga yoʻl ochishini qayd etdi. Yozgi maktab qatnashchisi Lena Fuhrmann yuqori saviyadagi tashkilotchilik va juda qiziqarli darslar uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. "Men o'zim uchun yangi mo'jizaviy davlat - O'zbekistonni kashf etdim. O'zbeklarning mehribonligi, mehmondo'stligi meni xursand qildi, o'zbek taomlari, milliy liboslari, amaliy san'ati bilan tanishish esa bir olam taassurot ulashdi. O'zbek tili nihoyatda go'zal til ekan, bu tilni mustahkamroq o'rganishni niyat qildim", deydi Lena.

  

Yozgi maktabning qolgan kunlarida mahorat darslari va madaniy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.