Yoshlar ittifoqi

                                                         

 

 

Murodullayev Ubaydullo Abdullajon o‘g'li

Tug‘ilgan sanasi: 17.02.1998

Millati: O‘zbek

E-mail:  ubaydullomurodulayev1@gmail.com

Kontakt: +998909939886

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba, Chorshanba, Juma.

     O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

Vazifalari:

Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy eʼtiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan „ommaviy madaniyat“ niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.