Yakkasaroy tuman yoshlari bilan uchrashuv
Joriy yilning 28-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Toshkent shahar prokurori o'rinbosari H.Mirsaitov, Toshkent shahar IIB boshlig'i o'rinbosari R.Sultonxodjayev, Yakkasaroy tuman hokimi o'rinbosari Sh.Taslimov bilan Yakkasaroy tuman yoshlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda 300 ga yaqin talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda ToshDO’TAU rektori Sh.Sirojiddinov va Toshkent shahar prokurori o’rinbosari Habibullo Mirsoatov tomonidan jonli suhbat o’tkazilib, talabalarning muammolari hamda takliflari o’rganildi. Jarayon bevosita talabalarni ish bilan ta’minlash, ularni band qilish, doimiy daromad manbaini topishda ko'maklashish mavzusida bo’lib o’tdi. Yig’ilishda faqatgina universitetimiz talabalari emas, Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida, ko’pgina yoshlar o’z ishini yo’lga qo’yish maqsadida amaliy yordam va maslahatlar so’rashdi. Mutasaddilar tomonidan talabalar takliflari o’rganib chiqilib, ularga amaliy yordam berilishi rejalashtirildi.