Yangiliklar

img
Tue, 09/26/2023 - 16:37

Xalqaro nazariy-metodologik seminarlar davom etmoqda

2023-yil 26-sentabr kuni O‘zbek filologiyasi fakultetida navbatdagi xalqaro nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni fakultet dekani, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Abdushukurov ochib berdi. Seminar raisi filologiya fanlari doktori, professor Uzoq Jo‘raqulov an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan nazariy-metodologik seminar,  uning maqsadi haqida gapirib, faoliyatini yanada kengaytirish, keng ilmiy jamoatchilikni jalb etish maqsadida xalqaro nazariy-metodologik seminar sifatida faoliyatini davom ettirishini alohida ta’kidladi.  Seminarda Eron islom respublikasining Tabriz universiteti professori Farhad Rahimi ma’ruza qildi. Ma’ruzada Farhad Rahimi o‘zining XVI - XVII asrlarda Eronda yaratilgan Navoiy asarlariga bag’ishlangan lug‘atlar, Ozarbayjon, Eron lug‘atchiligi haqida qimmatli ma’lumotlar berdi. Seminarda fakultet porfessor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, yosh tadqiqotchilar qatnashdi. Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan seminar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.