
Xalqaro ilmiy-metodik seminar faoliyatidan
Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Kengashi qoshidagi ilmiy-metodik seminarda ilmiy aloqalarga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Ilmiy aloqa - bu olimlarning ijodiy o‘zaro ta’siri, umumiy muammo bo‘yicha ma'lumotlar almashinuvidir. Ilmiy ma’lumotlar turli yo‘llar bilan almashinadi. Masalan:
- - shaxsiy, bevosita, aloqalar - suhbatlar, hisobotlar va muhokamalar, xatlar. Muammoni yuzma-yuz muhokama qilish, yangi ilmiy jihatlarni birgalikda izlash;
- - ilmiy bilimlarni maxsus jurnallarda, kitoblarda tarqatish - ilmiy ma’lumotlarning bilvosita almashinuvi;
- - aloqalar aralash: konferentsiyalarda, ilmiy ko‘rgazmalarda, taqdimotlarda, nashrlar, materiallar, tajribalar namoyishi, ularni muhokama qilish, baholash kabi.
2024-yil 5-yanvarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Kengashi qoshida navbatdagi xalqaro ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi. Unda Jumabek Axmeto‘g‘li Tashenev universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Naraliyeva Shahlo Djamalovna ishtirok etdi va “Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirishda essening roli” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek xalqaro ilmiy-metodik seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Yusupova Tursunoy Axmedovna ham “Ona tili ta’limida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida ma’ruza qildi.