
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya e’loni
“O‘zbekiston – Ozarbayjon: adabiy aloqalar va hamkorlik istiqbollari”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi va Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi 2025-yil 25-sentyabrda Toshkent shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazadi.
Yo‘nalishlar:
O‘zbek-Ozarbayjon adabiy aloqalarining dolzarb muammolari;
Ikki xalq adabiyotining jahon estetik tafakkuridagi o‘rni;
Adabiy ta’sir va ijodiy izdoshlik;
Adabiy aloqalarning rivojlanish bosqichlari;
Madaniyat, adabiyot, til va tarjima muammolari.
Maqola talablari:
Til: o‘zbek, turk, ozarbayjon, ingliz.
Hajmi: maqola – kamida 8 bet, tezis – kamida 3 bet.
Format: Doc, Times New Roman 14, 1,5 interval, hoshiya: o‘ng 15 mm, chap 30 mm, yuqori/past 20 mm.
Maqola nomi (12 so‘zdan oshmasligi kerak), o‘zbek va ingliz tilida annotatsiya, 5-7 kalit so‘z.
Arizalar: 2025-yil 5-sentyabrgacha alishernavoiy-muhammadfuzuliy2024@navoiy-uni.uz yoki https://t.me/+FZX7OSfXkxEyMjYy manziliga yuboriladi. Tanlangan maqolalar to‘plamda nashr etilib, ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy tum., Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 103.
Aloqa: +998903464717 (Gulbahor Ashurova), +998946979704 (Ozoda Tojiboyeva) E-mail: alishernavoiy-muhammadfuzuliy2024@navoiy-uni.uz
Telegram: https://t.me/+FZX7OSfXkxEyMjYy
Tafsilotlar uchun axborot xati ilova qilinadi.