Universitetimiz olimasi nufuzli xalqaro forumda ishtirok etdi
Kuni kecha Toshkent shahridagi Inha universitetida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Hukumati a’zolari, vazirlik, idora va tashkilotlar mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, olimalar, tadqiqotchi ayollar, talaba qizlar ishtirok etdilar. Forumda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova “Imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy integratsiya jarayonida nutq bilan bog‘liq kompyuter dasturlarining zarurati” mavzusidagi ma’ruza taqdimoti bilan qatnashdi.


