Universitetda nazm va navo kechasi
Joriy yilning 10-fevral kunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan “Vatan kabi mangu Navoiy” nomli nazm va navo kechasi tashkil etildi. Tadbirni universitet oʻquv ishlari prorektori S.Normamatov ochib berdi.
Tadbirda Navoiyning “Oshiq oʻldim”, “Istangiz”, “La’ling ayon”, “Avvalgʻilargʻa oʻxshamas” gʻazallariga sharhlar berildi. Gʻazallarni goʻzal tarzda ustozlar - f.f.d. Nurboy Jabbor, f.f.d. Karomat Mullxoʻjayeva, f.f.d. Abdumurod Tilavov, f.f.d. Akram Dehqonovlar sharhladilar. Shuningdek, tadbirda ushbu goʻzal gʻazallarni talabalar oʻqidilar, musiqiy ijroda tingladilar.
Navoiyning oʻlmas merosi, har bir satri insonni chuqur mushohadaga chorlar ekan, yana va yana oʻzlikka qaytish, oʻzlikni tushunishga undayveradi.. Shu bois bunday tadbirlar Navoiyni tushunishda dengizdan bir tomchini anglash kabidir. Ammo shu tomchi ham talabalarni chuqur oʻyga toldirgan va Navoiyni oʻqishga chorlagan boʻlsa ajab emas.