
Tyutorlar talabalar istiqomat qilayotgan ijara uylarini oʻrganishda davom etmoqda
Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlik tizimi joriy qilingan 1-2-3-kurslarda jami - 2647 nafar talaba tahsil oladi, shundan: 1083 nafari ijarada, 618 nafari oʻz uyida, 345 nafari yaqin qarindoshinikida va 611 nafari TTJda istiqomat qiladi. Universitet tyutorlari oldiga bir qator qoʻyilgan vazifalar doirasida ijarada turgan talabalar hayoti bilan tanishish, ularning yashash va oʻqish uchun sharoiti yetarli ekani haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Tyutorlarning oʻrganishlari natijasida hududlar kesimida 216 nafar talaba - qizil, 466 nafar talaba - sariq va 1965 nafar talaba - yashil hududlarda istiqomat qilishi aniqlangan. Talabalarning anʼanaviy darslarga qaytishi natijasida koʻpgina talabalar ijara xonadonlarini oʻzgartirgan. Ushbu talabalarning hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi ijara egalari bilan suhbatlashish, ijaradagi shart-sharoit va xavfsizlik taʼminlanganligini oʻrganish maqsadida tyutorlar talabalar turadigan xonadonlarga borib, vaziyatni baholamoqdalar hamda ba'zi qizil hududdagi talabalar ijarasini yashil va sariq hududlarga oʻzgartirish choralarini koʻrmoqdalar.
Suratlarda universitet tyutorlari ish jarayonlarida.