Yangiliklar

img
Mon, 02/14/2022 - 16:25

Tyutorlar mahallalarga biriktirildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha birinchi prorektor B. Xoliqov boshchiligida  mʼanaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha dekan muovinlari hamda  tyutorlar bilan  yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda prorektor B.Xoliqov  bir qator masalalarga eʼtibor qaratdi.   Jumladan, Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining 2021-yil 30-sentabrdagi 412-sonli buyruq  ijrosi, tyutorlarning ijarada yashovchi talabalar yashash sharoitini yaqindan oʻrganish boʻyicha amalga oshirilayogan ishlari,  universitet TTJda olib borilayotgan navbatchilik masalalari haqida gapirildi va ushbu masalalar yuzasidan  bir qator topshiriqlar berildi.  
Bundan tashqari “Yangi hayot” tumani mahallalarida mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari bilan ishlashning yangicha mexanizmini yoʻlga qoʻyish  va uni tashkil qilish masalasi muhokama etildi.  Tyutorlar, universitet yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari ushbu masalaga mas'ul etib belgilandi.