Yangiliklar

img
Wed, 05/07/2025 - 17:49

“Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi 155-sonli buyrugʻi asosida “Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqasining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi talaba-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish, milliy qadriyatlar va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuygʻusini kuchaytirishdan iborat boʻldi.
Unda talaba-qizlardan tuzilgan jamoalar “Jamoani tanishtirish”, “Sport bilan hamnafasmiz”, “Birinchi tibbiy yordam” hamda “Velosipedda uchish” kabi 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Har bir shartda ishtirokchilarning faolligi, jismoniy tayyorgarligi, sahna mahorati va bilim darajasi baholandi.
Musobaqa yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoa Toshkent shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tadbir talaba-qizlar orasida sogʻlom hayot tarzini qaror toptirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.