
Tillarda vatan madhi
Universitetimizda 2024-yilning 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlash maqsadida tantanali konsert bo'lib o'tdi. Konsert tashkilotchisi O’zbekiston Respublikasi “Qorovul qo’shinlari “ namunali ko’rgazmali orkestri bo'lib, ular universitetimiz pedagogik jamoasi hamda talabalarini bayram bilan tabriklashdi.
Orkestr repertuaridan o'rin olgan vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-muhabbat singari tuyg'ular madh etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga birdek manzur bo'ldi.
Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʻlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, umuman butun xalqimizni ushbu bayram bilan tabriklaymiz.