 
	 
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi universitetning yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan. Kafedrada ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuqori sifat va mahorat bilan tarjima qiluvchi tarjimonlarni tayyorlashga, tarjimashunoslik sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashda alohida e’tibor qaratiladi.
O‘rganilayotgan tilda tarjimashunoslikning nazariy muammolari va ularning tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan amaliy yechimlari amalga oshiriladi. Zamonaviy tarjima nazariyasi va amaliyotida keng tarqalgan tendensiyalar, tarjima turlari va usullari, tarjimaning rivojlanish bosqichlari, leksik-semantik va grammatik moslik kategoriyalari, janr bo‘yicha tarjima turlari va ularda qo‘llaniladigan usullar, tillarning lingvokulturologik va lingvogeografik xususiyatlari o‘rganiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedrada “Badiiy tarjima” va “Turk tili”, “Koreys tili”, “Arab tili” to‘garaklari faol yo‘lga qo‘yilgan. Bu to‘garaklarda talabalar o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini tarjima qiladilar, qilingan tarjimalarni tahlil qilib, asliyat matniga moslik darajalarini tanqidiy muhokama qiladilar, shuningdek, xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganadilar.
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida turk va koreys tillari darslari o‘tishda xorijlik mutaxassislar ham jalb etilgan. Xususan, Eronning Tabriz universitetidan Farhad Rahimi, Turkiyadan İlke Altuntaş Gürsoy hamda Esra Cafri Tut, Janubiy Koreyada Jongib Na, Park Jeong Ju kabi mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Kafedra tarkibi: 20 ta professor-o‘qituvchi.
Shundan: fan doktori 2 nafar.
Ilmiy salohiyat: 65 %

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari :
- • Xorijda chop etilgan, tanlangan adabiyotlar asosida zamonaviy darsliklar yaratish.
- • Barcha fanlar uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida talabalarga yetkazish.
- • Elektron ta’lim tizimi asosida talabalar uchun mustaqil ta’limni tashkil etish.
- • Bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida tarjima sohasidagi kompaniyalar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish.
- • Xorijda chop etilgan adabiyotlarni muntazam kuzatib borish.
- • Talabalar va o‘qituvchilarni yangi innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun tadqiqotlarga jalb qilish.
- • Kafedraning elektron ta’lim resurslarini mamlakat va butun dunyodagi bo‘lim veb-sayti orqali taqdim etish.
- • Magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv dasturlarni va AKTni tarjima ta’limi bilan integratsiyalash asosida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
- • O‘zbek tilidan ingliz tiliga badiiy lug‘atlar yaratish tamoyillarini ishlab chiqish;
- • O‘zbek adabiyotining eng sara namunalarini chet tillariga tarjima qilish.
- • Jahon adabiyotining eng sara asarlarini o‘zbek tiliga tarfjima qilish,
- • Chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik, adabiy ta’sir masalalari hamda qiyosiy adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlar yaratish.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (1-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
O‘qish madaniyati (1-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
O‘rganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
O‘zbek adabiyoti (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Jahon adabiyoti (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Adabiy tarjima asoslari (3-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Ilmiy-texnik tarjima asoslari (2-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Amaliy tarjima (3-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Tarjimaga o‘rgatish uslubiy (1-kurs, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)
Adabiy tarjimada kompetensiya (2-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)magistratura
Adabiy tarjimada kompetensiy (2-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti)magistratura
Ilmiy-texnik tarjima nazariyasi (1-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura
Amaliy ilmiy-texnik tarjima (1-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura
Siyosiy atamalar tarjimasi (1-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura
Siyosiy matnlar tarjimasi (2-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura
Rasmiy hujjatlar tarjimasi (1-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura
Rasmiy hujjatlarni tarjima qilish(2-kurs, 70230204 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti) magistratura

 
						 
						 
						 
						 
						 
						