
Targ’ibot ta’sirchan, tashviqot samarali bo'lmog'i lozim
Avval xabar berganimizdek, universitetimizda 4-6-yanvar kunlari pedagog-xodimlar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda. Bugungi seminar yig'ilishida mehmon sifatida taniqli notiq va targ'ibotchi Rahimboy Jumaniyoz taklif etildi. Rahimboy Jumaniyoz ma'ruzasi 2023-yilning 22-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so'zlagan nutqini tahlil etish va unda bildirilgan fikrlar bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borishga bag'ishlandi. "Prezidentimiz ko‘p yillar mobaynida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi sifatida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish borasida ko‘pgina topshiriq va ko‘rsatmalar berib kelishlari hammamizga ma’lum. Buni ma’naviyatga bergan ta’riflarida ham bilishimiz mumkin", deya o'z so'zini boshladi mehmon. Seminar davomida har bir zamon va makonning o‘ziga yarasha muammolari bo‘lgani kabi o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri mamlakatimizda ham sezilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, mehmon davlatimiz rahbari ilgari surgan 9 ta yo‘nalishda o‘z fikrlarini bildirib, muhim tashabbuslar o'rtaga tashlandi. Faoliyatimizga bevosita daxldor bo‘lgan Prezident e’tiborini qaratgan ba’zi masalalar haqida mulohazalar bildirildi. Prezident tashabbuslari orasida ma’naviyat va madaniyat sohasi uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladigan milliy g‘oyamizni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.