Yangiliklar

img
Mon, 01/08/2024 - 15:16

Talabamiz Haydar Aliyev stipendiyasi sohibi bo'ldi

2023-yil Ozarbayjonda Haydar Aliyev yili deb e’lon qilingan edi.   Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan milliy lider nomi bilan ataluvchi stipendiya ta’sis etildi.  Ozarbayjon Madaniyat Markazida o‘tkazilgan yil yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimida O‘zbekistondagi 7 ta yetakchi universitetlarning bir guruh talabalari ushbu stipendiya sovrindori bo‘ldi va talabalarga tantanali ravishda topshirildi. 
Universitetimiz Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Nigora Islomova Haydar Aliyev nomidagi stipendiya sovrindori bo’ldi. Nigora Islomova “Fuzuliy dilbandlari’ to’garagining faol  a’zosidir. 
Eslatib o'tamiz, “Fuzuliy dilbandlari” to’garak a’zolarining yuksak saviyadagi faoliyati O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stligiga bardavom  hissa qo‘shib kelmoqda.