Yangiliklar

img
Thu, 06/30/2022 - 11:38

Tajriba-yuksalish va samara garovi

Bugungi kunda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetining xorijiy hamkorlari soni 108 ga yetib, ular bilan har tomonlama yaqin hamkorlikda oʼquv jarayoni, ilmiy-uslubiy jabhalarda sifat darajalarini koʼtarish ustida muntazam ish olib borilmoqda. ToshDO‘TAU jahonning turli davlatlarida mavjud o‘zbek tili va adabiyotini o‘rgatish, o‘qitish, akademik almashinuv borasida xorijiy hamkorlarini hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Shu munosabat bilan, ayni paytda, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi  Jumanova Zulxumor Ortiqovna Moskva davlat politexnika universitetida akademik almashinuv, o‘quv va ilmiy jabhalarda tajribalarini oshirish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun amaliyot o’tamoqda.

Zulxumor Jumanova amaliyot davomida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)da Psixolingvistika bo‘yicha o‘tkazilgan simpozium, Pushkin nomidagi Rus tili institutida o’tkazilgan Kostomarov forumi hamda Moskva pedagogika universitetidagi xorijliklarga rus tilini o‘rgatish seminarlarida ishtirok etdi.

Moskva davlat lingvistika universitetining MDH davlatlari tili va madaniyati kafedrasi, Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda O‘zbek tili mazkaziga tashrif buyurdi. Zulxumor Ortiqovna chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ish tajribasini almashish, amaliy, ma’ruza mashg‘ulotlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan.

ToshDO‘TAU rektori tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlikning natijasi o‘laroq ikki tomonlama almashinuv bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Yangi adabiyotlar bilan tanishuv, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tajriba almashinuvi kelgusida o‘zining ijobiy natijalarini beradi deb umid qilamiz.