
Tailand qirolligining xalqaro grant dasturlarida g'olib bo'ling!
Tabiat turizmi sohasida eng ilg'or mamlakat Tailand qirolligiga safar uyushtirmoqchimisiz? Tay xalqlarining madaniyati, san'ati, adabiyoti bilan yaqindan tanishmoqchimisiz? Unda ushbu loyiha aynan Siz uchun.
Tailand qirolligining Moskvadagi elchixonasi qirollikning Ta'lim, ilm-fan va innovatsiya vazirligi ma'lumotlariga tayanib, 2022-yil uchun xalqaro stipendiya va grantlarni e'lon qilgan. Turli yo'nalishlardagi bakalavriat, magistratura, PhD dasturlari hamda almashinuv (exchange programs) va qisqa muddatli amaliyotlarni (short-tern intership) tashkil etish ko'zda tutilgan. Nomzodlar har bir dastur bo'yicha tegishli tay universitetlari bilan mustaqil ravishda bog'lanib, ishtirok etish tartiblari bilan tanishishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aloqa xati
Letter from the Embassy of the Kingdom of Thailand in Moscow