
Thu, 01/11/2024 - 12:17
"Shunqorlar" musobaqasi g'oliblari aniqlandi
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitet talaba yigitlari ishtirokida "Shunqorlar" sport musobaqalari o'tkazildi. "Shunqorlar" bir nechta muhim sport sinov mashqlaridan iborat kompleks musobaqadir. Unda talabalar tosh ko'tarish, turnikda tortilish, mushaklar baquvatligini sinash singari bir necha bosqichli sinovlardan o'tishdi.
Yakuniy xulosalarga ko'ra Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti A.Asomiddinov uchinchi, shu fakultetning yana bir talabasi A.Aminov ikkinchi va O'zbek tili ta'limi fakulteti talabasi A.Po'latov birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Barcha ishtirokchilar universitet sport klubi tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.