Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

img

Qayumov Surxon O'lmas o'g'li

Tug‘ilgan sanasi: 14.06.1997

Millati: O‘zbek

E-mail:  qayumovsurxon@navoiy-uni.uz

Kontakt: +99899 960 63 66

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-Shanba

MA'LUMOT

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Oliy taʼlim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo`layotgan taxdidlar to`g`risida o`z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo`yicha konsultatsiya xizmatlari ko`rsatadi;
  • “Elektron ta’lim” axborot tizimi faoliyatini tashkil etish va nazoratini olib borish;
  • OTMdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to`g`ri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuterlarni texnik ko`rikdan o`tkazib turish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • OTM kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • OTMda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni uz vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • OTMning nusxa ko`paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, taʼmirlash va ko`rikdan o`tkazib turishni nazorat qilish;
  • OTMning elektron o`qitish bo`yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o`qitishni tashkil etish bo`yicha mahalliy va chet el oliy oo`quv yurtlari bilan aloqalar o`rnatish;
  • OTM lokal tarmog`iga portal bo`yicha jami maʼlumotlarni kiritish va tahlil etish;
  • Oliy taʼlim muassasasida axborot tizimlari resurslari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
  • Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi;
  • Vazirlik axborotlashtirish obʼyektlarida oshkor qilib bo`lmaydigan (konfidentsial) maʼlumotlarni o`z ichiga oluvchi axborotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to`liq saqlanishini o`z zimmasiga oladi;
  • Internet tarmog`i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo`yicha o`zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi;
  • Markazning yillik va yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqadi;
  • Rahbarlik qilayotgan Markaz xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
  • Har chorakda markazning ichki yig`ilishini o`tkazadi va ijro intizomi buzadigan qoniqarsiz xodimlarni ogohlantiradi;
  • Markaz o’zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko’rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo’yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

2016-2020 yy. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti talabasi
2020-2022 yy. - Alisher Navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magisrtanti
2022-yildan hozirgacha - Alisher Navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti RTTM rahbari
 

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat. Shunigdek, markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Vazifalari

  • Oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
  • “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etish va nazoratini olib borish;
  • mavjud axborot tizimlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib boorish;
  • axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash va bartaraf qilish;
  • saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
  • operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni echish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish;
  • tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;
  • mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
  • o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, switchlar) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
  • kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;
  • o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
  • tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;
  • internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
  • Internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali Internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning universitet elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;
  • rasmiy web-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomonidan universitet faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqdida joylashtirish;
  • web-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash;
  • o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • global axborot -huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni universitetga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;
  • universitetda joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;
  • yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;
  • yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish;

Huquq va majburiyatlari:

  • markaz faoliyati bevosita universitet rektori nazoratida bo‘ladi;
  • markaz o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha universitetning Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi;
  • markaz o‘z faoliyati to‘g‘risida vazirlikning tegishli boshqarmalarini doimiy habardor qiladi hamda vazirlik tomonidan yo‘llangan tegishli yo‘riq va ko‘rsatmalarni bajaradi;
  • markaz faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi. 
  • universitetning tarkibiy bo‘linmalaridan Markaz faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
  • universitet faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgai, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan Markaz xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • zarur hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga va axborot xavfsizligiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;