Yangiliklar

img
Fri, 10/24/2025 - 18:08

Psixologik trening: Atrofga baxt ulashamiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti psixologi N. To‘xtayeva tomonidan talabalar ishtirokida “Pozitiv energiya tarqatib, atrofga baxt ulashamiz” mavzusida davra suhbati va trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida o‘zaro sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, ruhiy yaqinlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, stress holatlaridan xoli bo‘lishga yordam berish hamda ijobiy kayfiyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Trening davomida talabalar interaktiv mashg‘ulotlar, jamoaviy o‘yinlar va psixologik topshiriqlar orqali bir-birlari bilan samimiy muloqot o‘rnatdilar, o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etish, ijobiy fikrlash va ruhiy barqarorlikni saqlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Suhbat jarayonida N. To‘xtayeva inson ruhiyatida pozitiv energiyaning o‘rni, ijobiy muhit yaratishning ahamiyati hamda o‘zaro hurmat va mehr asosida muloqot qilish madaniyati haqida foydali tavsiyalar berdi.

  

Mashg‘ulot yakunida talabalar yuqori kayfiyatda faol ishtirok etishdi. Tabiat go‘zalliklaridan ilhomlanib, o‘z qo‘llari bilan bilakuzuklar yasash jarayoni treningga ijodiy ruh va estetik zavq bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilarida ruhiy tetiklik, quvonch va ijobiy energiya uyg‘otdi hamda ularning o‘qish va hayotga bo‘lgan munosabatiga yangi turtki berdi.