Yangiliklar

img
Tue, 06/04/2024 - 13:06

Pedagogning maqomi

«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» asosida sohada ko‘p yillardan buyon to‘planib qolgan muammolar o‘z yechimini topib, ilm-fan hamda ta’lim o‘zining yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 1-fevral kuni qabul qilingan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda ma’rifatparvar-ziyolilar hamda keng jamoatchilik tomonidan ko‘pdan buyon ulkan umidlar bilan kutilayotgan tarixiy hujjat bo‘ldi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham mazkur Qonun bandlari, pedagoglarning huquq va majburiyatlari haqida targ'ibot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda. Targ'ibot tadbirlarida ushbu Qonunning asosiy jihatlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.  Jami 21 moddadan iborat bo‘lgan Qonunning 3-moddasi «Pedagogning maqomi» deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinishi, ularning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi, ijtimoiy himoyasi ta’minlanishi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar berilishi belgilandi. Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi mustahkamlab qo‘yildi. tadbirlar davomida o‘qituvchilarga, ustoz va murabbiylarga – umuman pedagoglarga qaratilgan yuksak darajadagi e’tibor va g‘amxo‘rlik, albatta, o‘z mevasini berishi ta'kidlandi!