Yangiliklar

img
Sat, 02/03/2024 - 14:07

Oʻzbek xalqiga haykal qoʻygan adib

2024-yil 2-fevral kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida O'zbekiston xalq yozuvchisi Tog'ay Murod ijodiga bag'ishlangan "O'ZBEK XALQIGA HAYKAL QO'YGAN ADIB" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov, kafedra professor-o'qituvchilari: Olmos Xurramov, Mahmadiyor Asadov, Azamat Xayrullayevlar; "Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon"  kafedrasi professori Umida Rasulovalar ishtirok etishdi. Professor Uzoq Jo'raqulov so'zga chiqib, Tog'ay Murod ijodi, shaxsiyati haqida gapirar ekan, o'zbek adabiyotining hech kimga o'xshamaydigan, o'ziga xos bir avlodi sifatida  yuqori baholadi. F.f.d., professor Umida Rasulova ijodkor asarlaridagi milliylik, davr fojiasi, paxta dalalarida kechgan bolalik, ayollar obrazidagi ibo, hayo fazilatlar Momo Havvodan meros bo'lib kelayotgani haqida fikr bildirdi. Shuningdek, tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Abdumajid Azim, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tarjimon va adiba Ma'suma Ahmedova, Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimi Farruh Jabborovlar ishtirok etishdi.