Yangiliklar

img
Mon, 02/05/2024 - 11:48

O'zbek tili ta'limi fakulteti bitiruvchilari amaliyotga kuzatildi

2024-yil 3-fevral kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili ta’limi fakultetida O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili  ta’lim yo‘nalishi 4-kurs  talabalarning pedagogik amaliyotini  tashkil qilish masalalariga bag‘ishlagan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Dastlabki so‘z ToshDO‘TAU Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O.M.Sunnatovga berildi. U o‘z chiqishida pedagogik amaliyotning o‘tkazish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar,  ikki tomonlama, uch tomonlama shartnomalar tuzish tartibi va b. haqida batafsil ma’lumotlarni berdi va talabalarning pedagogik amaliyotni o‘tkazish tartibi bo‘yicha ko‘plab savollariga to‘liq javoblarni berdi. Yig‘ilishda, shuningdek, ToshDO‘TAU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi  bosh mutxassisi Ozod To‘raboyev ham qatnashdi va u ham talabalarning bu boradagi  savollariga tegishli javoblarni berdi. 

 

Majlisda fakultet dekani S.Muhamedova, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili  ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Davronov pedagogik amaliyotni tashkil qilish tartibi va pedagogik amaliyot yakunida topshirilishi zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni taqdimot shaklila ko‘rsatib, tushuntirib berishdi.

 

Talabalar yig‘ilish davomida   5.02.2024 -yildan  11.05.2024-yilgacha tashkil qilinadigan pedagogik amaliyot bo‘yicha to‘liq tasavvurga va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, uni samarali o‘tkazish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirishdi.