Yangiliklar

img
Sat, 10/07/2023 - 18:52

“Ota-onalar kongressi” boʻlib oʻtdi

2023-yilning 7-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Ota-onalar kongressi” ish boshladi. Bu kongressga nafaqat universitet jamoasi , balki talabalar ham jiddiy tayyorgarlik koʻrdilar. Mezbon sifatida oʻz ota-onalarining tashrifiga qadriyatlarimizga hamohang hozirlandilar. Kongressni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Rektor oʻz navbatida ta’lim dargohi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq takliflarni oʻrtaga tashladi. 
Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar universitet faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, universitet hovlisida "Ota-onalar" bog‘i uchun ilk ko‘chatlar o‘tqazildi. Shundan so‘ng,  “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismi boshlandi.


Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


Universitetga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish bilan bir qatorda universitet rahbariyati bilan uchrashib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


Uchrashuvning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan spektakl va kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.


Ota-onalar uchun doshqozonlarda osh damlandi, talabalar tomonidan ajoyib badiiy kompozitsiya tayyorlandi.


Kun yakunida esa mehmonlar uchun Oʻzbek milliy akademik drama teatrida maxsus spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.