O‘quv-uslubiy boshqarma

img

Nazarov Vahobjon Shamshidinovich

Tug‘ilgan sanasi: 23.11.1987

Millati: O‘zbek

E-mail: nazarovvahobjon@navoiy-uni.uz

Kontakt: +998 71 281 45 17

Qabul kunlari: 9:00 - 18:00

Dushanba-shanba

MA'LUMOT

  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, xatlari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet Kengashining qarorlari, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbeknston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini professor-o‘qituvchilarga hamda talabalarga yetkazib borish;
  • “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun, Davlat ta’lim standartlariga oid talablarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini va o‘quv ishlarining tashkil etilishini ta’minlash;
  • Fakultet va kafedralarda o‘quv ish rejalarini bajarilishini ta’minlash;
  • Kafedralarning o‘quv jarayonidagi faoliyati hisobotlarini tahlil qilish;
  • O‘quv jarayonini yanada takomillashtirilishiga qaratilgan masalalar bo‘yicha barcha fakultet va kafedralarda hamjihatlik asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, rejalar tuzish hamda ularni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini boshqarish;
  • O‘quv-uslubiy boshqarmaning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash.

O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIG‘I
TA’LIM:
2006-2010

Bakalavriat:  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.
Filolog. Fransuz tili o‘qituvchisi
2010-2012
Magistratura: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston. Lingvistika (Fransuz tili)
ISH FAOLIYATI:
2006 - 2010

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Bakalavriatura talabasi
2010 - 2012
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura talabasi
2012 - 2013
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tillar o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
2013 - 2014
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
2014 - 2018
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tili o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi media ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2018 - 2020
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
2020 – hozirgi paytgacha
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
HOZIRGI ISH JOYI:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

O‘quv-uslubiy boshqarma

Oquv-uslubiy boshqarma universitet boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bolinmasi bolib, uning faoliyati universitetda Davlat talim standartlari va boshqa oquv-meyoriy hujjatlar asosida oquv ishlarini tashkil etilishini muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi.

Boshqarmaning maqsadi:

Meyoriy hujjatlar asosida bakalavriat va magistratura uchun talim jarayonini Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi ornatgan tartibda oquv rejalar va oquv dasturlarga muvofiq ravishda tashkil etadi, nazorat qiladi hamda boshqaradi.

Boshqarmavazifalari: 

  • Ozbekiston Respublikasining talimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va orta maxsus talim vazirligining Hayat Qarorlari, buyruqlari, yoriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bolimlarda bajarilishini taminlash va monitoringini olib borish;
  • Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  • Davlat talim standartlari asosida oquv ishlarini tashkil etilishini taminlash;
  • Fakultet va kafedralar oquv ish rejalarini bajarilishini taminlash;
  • Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Otilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini taminlash va nazorat qilish;
  • Oquv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish boyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini taminlash, tahlil qilish;
  • Oquv yiliga tayyorgarlik korish va oquv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini taminlash;
  • Fakultet hamda kafedralarda oquv yuklamalari hisobini togri va mavjud meyoriy hujjatlarga asosan taqsimlanishini taminlash hamda nazorat qilish;
  • Universitetda auditoriya fondidan foydalanish va ularning taqsimlanishini taminlash;
  • Oquv-uslubiy jarayonga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini taminlash;
  • Barcha fakultetlarda darsliklar va oquv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi, oquv-uslubiy majmualar bilan taminlanishi boyicha ishlarni tashkil etish;
  • Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, professor-oqituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini taminlash;
  • Barcha talim yonalishlari va magistratura mutaxassisliklarini oquv reja (ishchi oquv reja) va fan (ishchi oquv) dasturlari bilan taminlash;
  • Talabalarning oquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etilishini taminlash;
  • Talabalar bilimini baholashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etilishini taminlash;
  • Talabalarni mustaqil talim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni taminlash;
  • ToshDOTAU Kengashi rejasi asosida oquv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini taminlash;
  • Boshqarma faoliyatiga oid malumot va hisobotlarni Vazirlikka oz vaqtida, ornatilgan tartibda taqdim etib borish;

Boshqarmaning huquq va majburiyatlari:

Boshqarmaning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ijro organlari, shuningdek, universitet fakultetlari, kafedralar bilan aloqa boglash, shuningdek, Boshqarma nizomida belgilangan vazifalarni sozsiz bajarilishini qamrab oladi.