Yangiliklar

img
Tue, 12/26/2023 - 17:51

Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetining ilmiy-metodologik seminari boʻlub oʻtdi

O‘zaro muloqot, yangi tadqiqotlar bilan tanishish yoki o‘z izlanishlarini mutaxassislarga bayon etish ilmiy muhitni jonlantiradiki, uning   ilm ahli uchun ahamiyati kattadir.
 2023-yil 26- dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Kengashi qoshida xalqaro ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi. 
Xalqaro ilmiy-metodik seminarda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yarmuxammat Madaliyev “Adabiyot darsi yoxud Vatan siyrati” mavzusida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Roza Niyozmetova “O‘zbek adabiyotidan asar tanlash masalalari” mavzusida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalardan so‘ng fakultet professor-o‘qituvchilari o‘zbek tili va adabiyotining o‘rgatilishiga xorij ta’limidagi munosabat, darsliklarga adabiy asarlarni tanlash borasida munozarali masalalarga doir savollarga javob oldilar, o‘z mulohazalarini bildirdilar. Xalqaro ilmiy-metodik seminar qizg’in savol-javoblar bilan o‘tdi.