Yangiliklar

img
Thu, 01/04/2024 - 15:42

Muhim mavzularga bag'ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda

Qishki ta’til paytida rahbar va pedagog xodimlar uchun seminar-treninglar boshlandi.
2023-2024-o'quv yilining ikkinchi yarmini yangicha tartibda boshlash uchun to'liq va puxta tayyorgarlik ko'rish hamda qishki ta'til davrini mazmunli o'tkazish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2024-yilning 4-6- yanvar kuniga qadar pedagog va xodimlar uchun o’tkaziladigan amaliy seminar treninglar tashkil etish rejasi tasdiqlangan. Ushbu rejaga asosan 4-yanvar kuni ilk seminarlar tashkil etildi. Dastlabki kunda universitetning xalqaro reytinglardagi o'rnini yanada mustahkamlash, uning ijobiy imidjini yaxshilash, professor-o'qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish  bo'yicha uchta ma'ruza tinglandi.  Dastlab universitetda tashkil etilishi rejalashtirilgan “Proofreading Services for Academic & Scientific Papers” markazining  faoliyati, uning ishlash tizimi, pedagog-xosimlarga metodik yordam ko'rsatish masalalari yuzasidan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor N.Normurodova hamda Raqanli texnologiyalar va kompyuter lingvistikasi kafedrasi mudiri B.Elovning ma'ruzasi tinglandi. Unda "Scopus" va "Web of Science" bazalariga kiruvchi ilmiy jurnallarda o'z maqolalarini chop etishga amali va nazariy yordam beruvchi markaz haqida batafsil ma'lumot berildi. 

 

Shundan so'ng "Universitet sayti: kamchiliklar, istiqbol rejalar" mavzusidagi ma'ruzaga navbat berildi. Universitet xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori N.Normurodova va universitet rektorining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, Matbuot kotibi M.Obidjonova tomonidan universitet saytini "Webometrics" talablari asosida yangilab borish, kafedralar, fakultetlar haqidagi ma'lumotdan tortib, professor-o'qituvchilarning sahifalarini rivojlantirish bo'yicha ham maslahatlar berildi.

 

Kunning uchinchi ma'ruzasi "Xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashda eng muhim indikatorlar" mavzusida bo'lib, unda universitet xalqaro bo'limi tomonidan tayyorlangan strategiya batafsil tushuntirib berildi va xalqaro reytingdagi munosib o'rin uchun hamma birdek mehnat qilishi lozimligi qayd etildi.