Yangiliklar

img
Fri, 11/22/2024 - 15:52

Ko'ngillar uchun o'zbek tili darslari yakunlandi

Koreya ko'ngillari tashkiloti (KIDC) vakillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik o'rnatgan edi. Unga ko'ra  KIDCning 15 nafar ko'ngillisi to'rt oy davomida ToshDO'TAUda o'zbek tili va madaniyatini o'rgandilar. Joriy yilning 21-noyabr kuni ular uchun belgilangan mashg'ulotlar tugadi va o'rganuvchilarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda so'z olgan ToshDO'TAU Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qisqa muddat ichida koreyalik yoshlar o'zbek tili va madaniyatini puxta o'rganliklarini alohida qayd etib, bildirilgan ishonch uchun tashkilot vakillariga minnatdorchilik bildirdi. 
Koreyalik ko'ngillilar orasidan 5 nafari Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda  talabalariga koreys tilini o'rgatishdi. O'z navbatida KIDC tashkiloti ko'ngillilari ular uchun o'tilgan o'zbek tili darslarining sifati va yaratilgan sharoit uchun ToshDO'TAUga, xususan, "O'zbek maktabi" jamoasiga tashakkur izhor etdilar.  
2025-yilning mart oyida koreyalik ko'ngillarning yana bir katta guruhi  aynan "O'zbek maktabi"da o'zbek tilini B1 darajada o'rganishi rejalashtirilmoqda.

 

Ta'kidlash o'rinliki, "O'zbek maktabi"da bugungi kunga qadar 600 dan ortiq xorijliklar o'zbek tilini A1 dan to C2 darajagacha o'rganishga muvaffaq bo'lganlar. Bugungi kunda ham ushbu markazda 100 ga yaqin til o'rganuvchilar o'zbek tili va madaniyati o'rganishmoqda.