Yangiliklar

img
Wed, 02/07/2024 - 20:37

Iqtidorli talabalardan tuhfa

Joriy yilning 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab badiiy kecha tashkil etildi. Universitet talabalar teatr studiyasi  tomonidan  professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun ajoyib sahna asarlari taqdim etildi. Unda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom!” nomli teatr kompozitsiyasi namoyish etildi. Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. G.Jurayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Razzakova, Universitet yoshlar ittifoqi BT yetakchisi U.Murodullayev, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan obrazlar tomoshabinlarga manzur bo'ldi.
Shuningdek, Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetida ham Navoiy ijodiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda yangragan kuy-qoshiqlar, Navoiyning she'rlaridan iborat chiqishlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. Madaniy-ma’rifiy kechada Alisher Navoiyning boy ilmiy me’rosi, o‘zbek tili rivoji va jahon adabiyotida tutgan beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi.

 

Yig‘ilganlar buyuk shoir ijodidan mutolaalar qilib, g‘azal va ruboiylaridan parchalar o‘qidi.