Inklyuziv ta’limda xalqaro tajriba
Hozirgi vaqtda yurtimizda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar va talabalarning inklyuziv ta’lim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar va talabalar uchun o‘quv-metodik manbalarni tayyorlash, ularning zamonaviy axborot vositalaridan mustaqil foydalanish imkoniyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib borayotgan “Inklyuziv ta’lim” ilmiy-amaliy laboratoriyasi hamda “Surdotarjima” laboratoriyasida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar, zamonaviy tadqiq usullariga asoslangan inklyuziv mahsulotlar yaratish, o‘qitishning samarali usullarini aniqlash, nogironlagi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga ko‘maklashish borasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda.
Universitetimizda laboratoriya xodimlari, professor-o‘qituvchilar amaliy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan yaponiyalik tadqiqotchilar bilan inklyuziv ta’limning tashkil etilishi, erishilgan yutuqlar va ustuvor vazifalar xususida suhbat tashkil etildi.
Yaponiyaning Gifu universiteti professori ... Xakumura boshchiligidagi xorijlik mutaxassislar inklyuziv ta’limni tashkil etishdagi xalqaro tajriba bilan o‘troqlashdilar.