Yangiliklar

img
Sat, 07/26/2025 - 12:53

Imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun maxsus suhbat imtihonlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun maxsus imtihonlar tashkil etildi. Joriy yilda universitetga 4 nafar koʻrish imkoniyati cheklangan abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 1 nafari ishtirok etishdan bosh tortgan. Natijada 3 nafar abituriyent suhbat shaklida o‘tkazilgan maxsus imtihonlarda qatnashdi.
Barcha abituriyentlar “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan va komissiya a’zolari ularning bilimlarini xolis baholashdi. Jarayonlarni universitet Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Orzu Davranov boshchiligidagi ishchi guruh nazorat qildi. 

  

Barcha abituriyentlar 1-guruh nogironligi bo‘yicha "ko‘zi ojiz" toifasiga mansub bo‘lib, imtihonlar ularning ota-onalari bilan oldindan kelishilgan tartibda, zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda o‘tkazildi. Jarayon davomida abituriyentlarga qulay muhit ta’minlandi.
Imtihon natijalari va hujjatlar belgilangan muddatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron shaklda taqdim etildi.